Gastro san'at

Yaqinda qo'shilgan bloglar
See All
Borjomi va taom uyg'unligi

Borjomi va taom uyg'unligi

Turli taom va ichimliklarni birlashtirish nafaqat ijodkorlikni, balki ilmiy yondashuvni ham talab etadi. Xuddi sharob misolida bo‘lgani kabi, mineral suvni aralashtirish ham bilimni talab etadi va hatto mineral suv bilan o‘tkaziladigan turli kichik harorat manipulyatsiyalari ham tajribangizni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Mineral suv har bir keyingi taomlanish uchun ta’m retseptorlaringizni tayyorlaydi. Taomning ta’mini neytrallashtirish yoki biroz pasaytirish o‘rniga, u sizga uning ta’mi va hidini yaxshiroq his qilishga yordam beradi. Biroq, har bir taomga turlicha suv qo‘shish kerak. Keling, boshidan boshlaymiz: Suvning bir necha turlari mavjud: STILL — gazlanmagan suv; LIGHT — yengil gazlangan suv; Vishillovchi — gazlanmagan va kuchsiz o‘rtasidagi toifa bo‘lib, deyarli sezilmaydigan pufakchalarning minimal soni bilan tavsiflanadi; Klassik — ko‘pchilik mineral suv haqida o‘ylaganda tasavvur qiladigan gazlanganlik darajasidagi suv. Minerallarga boy ko‘plab mashhur gazlangan ichimliklar, shu jumladan Borjomi shular jumlasidandir; Bold — eng yirik, shovqinli pufakchalar bilan tavsiflanadi. Odamlar gazlangan ichimliklarni yoqtirmasliklarini aytishganda, ular odatda ushbu toifadagi mineral ichimliklarni nazarda tutadilar. Gazlanishdan tashqari, suvning boshqa xususiyatlari ham mavjud: minerallashuv, pH-omil, yoshlik va boshqalar. Endi esa — qarshingizda Borjomi! 130-yillik tarixga ega bo‘lgan yosh suv, 8000 metr chuqurlikdagi vulqon jinslaridan oqib chiqadi va yo‘l-yo‘lakay 60 dan ortiq elementlar bilan boyib boradi. Ichimlik suvi va taom aralashmasining ham o‘ziga yarasha odobi borligini ehtimol kamdan kam odam tasavvur qilsa kerak. Misol uchun, gazlanishi va pH dan kelib chiqib, Borjomi krevetka va qovurilgan tovuq bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Gazlanishi va minerallashishiga muvofiq — grilda pishgan qo‘y go‘shti bilan. Gazlanishi bo‘yicha esa u kurka go‘shti va gril-mol go‘shti uchun ayni muddao bo'ladi. Agar siz baliq va midiya yeyishga qaror qilsangiz, albatta Borjomi qo‘shing, zero uning kislota-ishqor muvozanati bu ikki taom bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, taom va sharob bilan suv ichganingizda o‘yin qoidalari biroz o‘zgaradi. Bunday holda, suv musobaqa emas, balki sharob va yegulik bilan uyg‘un bo‘lishi lozim. Bu bilimlar, ayniqsa, Borjomi gruzin dasturxonida o'z o'rnini egallaganidan so'ng nihoyatda zarur bo‘lib qoldi. Gruzin dasturxonining uchta xazinasi: taomlar, sharob va Borjomi suvini qanday uyg‘unlashtirishni bilish muhim. Basharti siz sharob va ovqatni to‘g‘ri moslashtirsangiz, faqat gazsiz suv ichish mumkin. Biroq, oq va qizil sharob holatida esa kichik farq bor: Oq sharob bilan minerallar miqdori past va neytral pH ga ega bo‘lgan suvni birlashtirish yaxshiroqdir. Qizil sharob holatida — o‘rtacha yoki yuqori minerallashgan va neytral pH ga ega suv. Borjomi, ayniqsa, qizil sharob bilan yaxshi uyg‘unlashadi, garchi u oq sharobga ham zid kelmasa kerak. Asrlar davomida odamlar suvni tabiiy haroratda iste’mol qilishgan. Sharobga kelsak, deyarli barcha yerto‘lalar 13°C haroratda saqlanadi, garchi shampan ko‘pincha 6°C gacha sovutiladi va ba’zi sharoblar hatto 18°C da ichish uchun tortiladi. Ushbu manipulyatsiyalar sharobning ta’mini kuchaytirish uchun ishlatiladi. Aksariyat buloqlarning yillik harorati aynan 13°C. Bunday o‘xshashlik, ehtimol, yerto‘laning yer ostida joylashgani va suv yer osti buloqlaridan oqishi bilan bog‘liqdir. Umuman olganda, suvni deyarli har qanday haroratda uzatish mumkin, ammo agar siz suv haroratini boshqarishni bilsangiz, uni ichimlik va taomingiz bilan yaxshiroq uyg‘unlashtira olasiz. Masalan, haroratning ko‘tarilishi yirik va shovqinli pufakchalarga ega bo‘lgan suvga bostiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va suv qanchalik sovuq bo‘lsa, u shunchalik konsentrlangan bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, o‘zining noyob tarkibi tufayli Borjomi shunchaki ichimlik emas, balki taomlanishingizning oshpazlik hamkoridir. Borjomi va taomlarning uyg‘unligini hisobga olish gastronomik tajribangizni mutlaqo yangi bosqichga ko‘taradi.
27 декабр, 2023
Gruzin mehmondo'stligi afsonasi

Gruzin mehmondo'stligi afsonasi

Gruziya — kichik ammo noyob mamlakat. Davlatimiz o'zining bioxilma-xilligi – tog‘ va o‘rmonlarning ko‘pligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mineral va termal suvlari yoki loy konlari bilan ajralib turadi. Gruziya yumshoq va har xil iqlimi, Qora dengiz subtropik, quruq kontinental va hatto alp tog'lariga xos iqlimga egadir. Umuman olganda, Gruziya tuprog'i nihoyatda unumdor. Biz turli xil mavsumiy meva va sabzavotlar, sog'lom va mazali sut mahsulotlari va benihoya ajoyib ziravorlar bilan siylanganmiz. Ushbu ajoyib ingredientlarni mohirona aralashtirish ta'mlarning ajoyib simfoniyasini yaratadi. Biroq turli ingredientlar va lazzatlar bilan o'ynab hammasi qanday boshlandi? Odamlar ko'pincha biz osongina qo'lga kiritgan barchasini o'ylamasdan va minnatdorchiliksizqabul qildilar. Zamonaviy dunyoda esa siz xohlagan narsaga erishish juda oddiy va hatto tezdir. Misol uchun, siz shunchaki, supermarketga borib, turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishingiz yoki restoranga tashrif buyurib, mazali taomlarni tanovul qilishingiz mumkin. Agar borishga erinsangiz, bu ham muammo emas, bir tugmachani bosish orqali buyurtma berishingiz mumkin va mazali taomlar uyingizga yetkazib beriladi. Biroq, dastlab odam xom yegulik iste'mol qilgan. U terimchi va ovchi bo'lgan. Ba'zi bir bosqichda, ehtimol, tasodifan, u olovda pishirilgan taom ancha mazali va xavfsizroq ekanligini aniqlagan. Vaqt o'tishi bilan u o'z qo'li bilan turli xil mahsulotlarni yetishtirishni boshladi, ko'chmanchilikni tashlab, dehqonchilik bilan shug'ullandi, shuningdek, pazandachilikni ham o'zlashtirdi. Sekin-asta u ham taomlarga turli xil ta’mlar qo‘shishi mumkinligini anglab yetdi, murabbo tayyorlash uchun turli xil idishlarni o‘ylab topdi va nihoyat, hatto ularni chiroyli tarzda dasturxonga tortishni boshladi. Bularning barchasining ortida qancha tajriba va innovatsiyalar turganini bir tasavvur qiling! Mahsulotni topish, tatib ko‘rish, xonakilashtirish, yetishtirish, qovurish, qaynatish, achitish, achchiq va shirin ta’mlarni aralashtirish, idishlarni bezatish... Pazandachilik— bu, bir vaqtning o'zida ham san’at, ham fan. Gruzincha raqs va qo‘shiq kabi bugungi kunda mamlakatimizning o‘ziga xosligini uzviy qismiga aylangan narsa ko‘pchilikning ko'zga ko‘rinmas mehnatining samarasidir. Bu ham boy tarixiy merosimizning ko‘zgusidir. Gruziya geografik jihatdan tarixiy yo'llar chorrahasida joylashgan. U orqali turli davrlarda muhim savdo yoʻllari, jumladan Yevropa va Osiyoni bogʻlagan “Ipak yoʻli” oʻtgan. Ehtimol, aynan Osiyo, Markaziy Osiyo va Yevropa ta'siridan gruzin ziravorlarining, taom tayyorlash texnikasi hamda masalliqlarining xilma-xilligini shakllangan bo'lishi mumkin. Gruzincha bayramona dasturxon — bu, nafaqat yegulik va ichimlikdan iboratligi bizning tilimizda yaqqol namoyon bo'ladi. "Do'stlik" so'zi birgalashib taom tanovul qilish bilan uzviy bog'langan xalqda ovqatlanishga bo'lgan munosabat haqida ortiqcha so'zlarsiz barchasi ma'lum. Taom bilan siylash — bu o'ziga xos marosim, hayotni uzaytirish va uni almashishning muqaddas jarayoni. Agar muqaddaslik haqida so'z ochsak, nonni albatta eslatib o'tishimiz kerak, bu gruzin dasturxonining asosi bo'lgan. Nondan bir bo'lak bo'lib, uni boshqalar bilan baham ko'rish chuqur o'zaro aloqadan darak beradi. Yurtning har bir go‘shasining o‘z noni bo‘lgan, qadimlar aytganidek, bir qishloqda non yopilsa, uning xushbo'y isi boshqa qishloqqacha yetib borardi. Shu tarzda ziyofatlar o'tgan. Biz nondan gruzin oshxonasining bosh go'zalligi — xachapuriga o'tishimiz kerak. Bu tantana va bayramning o'ziga xos ramzidir. Eng mazali xachapuri deyarli har bir burchakda tayyorlanadi: imeruliancha, adjarcha, megrulcha, Osetincha, Kotori tushuri va boshqalar. Xachapuri hatto nomoddiy madaniy meros maqomiga ham ega. Siz atigi ikkita ingredientdan iborat oddiy taom qanday qilib bu qadar mazali bo'lishi mumkin deya hayron bo'lishingiz mumkin? Garchi yana bitta sirli tarkibiy qism bor — bu, muallifning mehri va qalbi! Busiz xachapuri o'xshamaydi! Xamir qorish paytida siz qanday qo'shiq xirgoya qilishingizga ko'p narsa bog'liq. Puri so'zi Hindistonda ham uchrab bo'lsa-da, xachapuri hali ham nisbatan yevropacha ko'rinishiga ega. Uni hatto gruzin pitsasi deb ham ataydilar. Bu yerda biz yaqqol namoyon bo'lgan Osiyocha urg'u Xinkaliga duch kelamiz. Uning uzoq qarindoshlari Tibetda, Xitoyda, Nepalda yoki Mo'g'ulistonda ko'p uchraydi, ammo ularning hech biri xinkali kabi dong taratmagan. Bu shunchaki taom emas, bu o'ziga xos va noyob narsa — xinkalini yeb ko'rish kerak. Xinkalini tanovul qilish — bu tajriba. Bunda o'z qoidalari mavjud bo'lib, biz mamlakatimizning barcha mehmonlariga ularni bajonidil o'rgatamiz. Uni qo'lingiz bilan ushlab ko'rganingizda, uning nafisligini to'liq his etasiz. Xinkali aynan shunday: o'rtangizda hech narsa bo'lmasligi kerak, faqat siz va Xinkali. So'nggi paytlarda vegetarian taomlariga bo'lgan talab ortib borayotgani sababli, butun dunyo bo'ylab vegetarianlar kundalik taomnomasini boyitadigan mazali taomlarni qidirmoqda. Albatta, bizning xilma-xil pxalilar assortimentimiz (yong'oq va ziravorlar bilan turli xil sabzavotli pastalar) e'tibordan chetda qolmadi. Ismaloq, lavlagi, karam, baqlajon, sabzi, loviya, qushqo'nmas, ko'k piyoz — bularning barchasi yong'oq va ziravorlar bilan birgalikda nozik ta'mlarning chinakam lazzatini yaratadi! Mazali va foydali. Bu haqiqatan ham zamonaviy dunyoning da'vatlariga javob beradi. Gruziya taomlarini sanab o'tish — u qadar oson ish emas, barcha hududlarni aylanib chiqish kerak: Svan kubdari, Rachin lobiani, Megrel xarchosi va elarjisi, Gurian pirogi. Gruziya taomlari barchaning qalbini zabt etgani ajablanarli hol emas. Gruziya ovqat shinavandalari uchun haqiqiy jannatdir. Mamlakatimiz mehmonlaridan Gruziyaning aynan  nimasi ularga ko'proq yoqqanini so'raganlarida, ular birinchi navbatda bizning taomimiz va sharobimizni e'tirof etadilar. Gruziya oshxonasi jahon oshxonasining yashirin xazinasi hisoblanadi, ammo so'nggi yillarda u xalqaro maydonga tobora ko'proq kirib bormoqda va munosib e'tirofga sazovor bo'ldi. Buni isbotlash uchun shuni aytamanki, xachapuri ko'plab nashrlarga ko'ra 100 ta eng yaxshi taomlar ro'yxatiga kiradi, Gruziya esa doimo yetakchi o'rinni egallaydi. Gruziya oshxonasining siri shundaki, ovqat pishirish oshxonada emas, balki yerdan boshlanadi, chunki biz qishloq xo'jaligi mamlakatimiz. Xo‘sh, peshona teringiz, mehnatingiz, mehringiz bilan yetishtirilgan rizq-ro‘zdan qanday qilib g‘ururlanmaysiz ahir?! Biz madaniy merosimizning qadr-qimmatini tushunamiz. Aynan shuning uchun oshxona an'analari avloddan-avlodga o'tadi va ba'zi retseptlar asrlar davomida o'zgarmagan holda bizga yetib kelgan. Biroq, Gruziya oshxonasi hali ham zamonaviy va dolzarbdir. Bir qator yetakchi mahalliy restoranlar an'anaviy gruzin taomlari bo'yicha zamonaviy taomlarni taklif qiladi. Bu, Gruziya oshxonasi doimo rivojlanishda davom etadigan jonli organizm va urf-odatlar kelajakka o'tishimizga yordam beradigan kuchdir hamda bu ajoyib sarguzashtda Borjomi har doim gruzin dasturxonining munosib vakili bo'lib qolishidan dalolat beradi.
08 ноябр, 2023
Qish bilan uchrashuv uchun mahsulot

Qish bilan uchrashuv uchun mahsulot

Ob-havo sovishi bilan, terimiz tashqi parvarishlash vositalaridan tashqari, terimizning salomatligi va yoshligi uchun zarur vitamin va minerallarni oziq-ovqatdan olishi nihoyatda muhimdir. Ushbu besh mahsulot yozgi quyoshning kuydiruvchi nurlaridan keyin terimizning holatini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, bizni qishning sovuq kunlariga yaxshi tayyorlaydi. Olma yallig'lanishga qarshi kuchli vositadir, qadimgi inglizlar — kuniga 1 ta olma iste'mol qilinishi shifokorga tashrif buyurishning oldini oladi deya e'tirof etganlar — bu aslo mubolag'a emas. Olma kletchatkaga boy, shuning uchun sog'lom ovqat hazm qilish tizimining asosi bo'lgan qimmatbaho kletchatkani yo'qotmaslik uchun ularni sharbat shaklida ichishdan ko'ra, olma iste'mol qilish muhimroqdir. Olma terisida ultrabinafsha nurlar ta'sirida inson terisiga yetkazilgan zararni neytrallovchi pigment mavjud bo'lib, undagi ozuqa moddalari melanin hosil bo'lishida ishtirok etadi — melanin esa terimizni quyosh nurlaridan himoyalaydi. Kuniga 1 dona olma immunitetni rag'batlantiruvchi vosita bo'lib, uning tarkibidagi C vitamini tufayli qishdan oldingi davrda, virusli mavsumda juda muhimdir. Zanjabilni pazandalik va dorivor maqsadlarda ishlatish tarixi ko'p asrlarga borib taqaladi. Zanjabil yallig'lanishga qarshi kuchli xususiyatlarga ega, shuning uchun u limon va asal bilan birga shamollashda qo'llaniladi. Shu bilan birga, terining holatini yaxshilash va bir qator kasalliklarning oldini olish uchun zarur bo'lgan antioksidantlarga ham boy. Zanjabil qon aylanishini va hujayralarni yangilanish jarayonini tezlashtiradi, ozuqa moddalarini butun tanaga tarqatadi, toksinlarni yo'q qilishga yordam beradi, bu sog'lom va yaxshi parvarishlangan teri uchun zaruriy shartdir. Keyl —bu "superfood" bo'lib, eng sog'lom sabzavot hisoblanadi. K vitaminiga boy karamning bu turi ko'plab foydali jarayonlarda ishtirok etadi, yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, terini qarish jarayonini sekinlashtiradigan ultrabinafsha nurlar ta'siridan tabiiy ravishda himoya qiluvchi karotenoidlarni o'z ichiga oladi. Yong'oq — omega-3 ga boy o'simlik ozuqasi bo'lib, kuniga 1 hovuch yong'oq terini silliq saqlashga yordam beradi, qon aylanishini yaxshilaydi, bu organizmda ozuqa moddalarining bir tekis taqsimlanishi uchun zarur shartdir, terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi va shikastlangan terini davolaydi.  Ma'lumki, apelsin va limon C vitamini manbai bo'lib, u immunitetni mustahkamlash bilan birga kollagen hosil bo'lishida ishtirok etadi va terimiz elastikligi aynan kollagenga bog'liq. 1 stakan tsitrus sharbati C vitaminining kunlik dozasini o'z ichiga oladi.
15 август, 2023
To'q sariq rangli kuz

To'q sariq rangli kuz

Har bir mavsumning o'ziga xos rangi bor, kuz, shubhasiz, to'q sariq. Buning sabablaridan biri, ehtimol, to'q sariq rangli mahsulotlarning ko'proq bo'lishi, bu esa kuzni yanada rang-barang qiladi. Apelsin sabzavotlari, birinchi navbatda,  ortiqcha beta-karotinni anglatadi, bu bizning tanamizda A vitaminiga aylanadi va sog'lom teri, yaxshi ko'rish, reproduktiv salomatlik va immunitetni saqlashga yordam beradi.  Qovoq garchi u vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy bo'lsa ham juda past kaloriyali mahsulotdir. Mavsumiy infektsiyalarga qarshi kurashish uchun qovoq va uning beta-karotinning yuqori konsentratsiyasi yordam beradi. Shuningdek, yurak sog'lig'i uchun maxsus oziq moddalarni o'z ichiga oladi. Qovoqdan turli xil shirin va sho‘r taomlar tayyorlash mumkin.  Batat — atigi 100 kaloriya bo'lgan o'rta kattalikdagi sabzavot bo'lib, kunlik beta-karotinga bo'lgan ehtiyojingizni qondiradi.  Vitamin C,  magniy va boshqalar kabi muhim vitaminlar va minerallar bilan ta'minlaydi. Super kuchga ega sabzi — sog'lom ko'rish qobiliyatini ta'minlash.  Ko'zlarni quyoshdan himoya qiladi va katarakt kabi kasalliklar xavfini kamaytiradi. Sabzi shuningdek, kaltsiy va K vitaminiga boy, bu suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Saraton xavfini kamaytiradi, chunki u ko'p miqdorda antioksidantlarni o'z ichiga oladi. Sitrus — bir stakan yangi siqilgan apelsin sharbati bilan siz ushbu mavsumda juda muhim bo'lgan C vitaminiga bo'lgan kunlik ehtiyojingizni to'ldirishingiz mumkin, bu homiladorlik paytida juda muhim bo'lgan foliy kislotasini hisobga olmaganda.Haqiqatan ham, mamlakatimizda apelsinlar kuzning oxirida mavsumiy pishishni boshlaydi, garchi deyarli barcha do'konlarda import qilingan tsitrus mevalari sotiladi. Kuzda shaftoli yanada suvli va mazali bo'lib, ularning ajoyib xushbo'yligidan tashqari, ular A, E va K vitaminlariga boy bo'ladi foydali xususiyatlari immun tizimini va ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi; Korolek — ilohiy meva deb ataladi, chunki u foydali xususiyatlarga ega - sog'lom ko'rish uchun muhim vitamin bo'lgan A vitaminining yuqori miqdori, ovqat hazm qilish tizimining yaxshi ishlashini bildiruvchi kletchatkaga boy, mahsulot tarkibdagi ko'p miqdordagi kaliy va elektrolitlar quvvat bilan ta'minlaydigan. Yaxshiroq hazm qilish uchun siz sog'lom yog'larni olishingiz kerak, masalan, sovuq siqilgan yog'lar, turli yong'oqlar va avakadolar. Mavsumiy mahsulotlardan ilhomlanish uchun Gastro Gid arxivini qayta ko'rib chiqing.  
15 август, 2023