Gruzin mehmondo'stligi afsonasi
Gruziya — kichik ammo noyob mamlakat. Davlatimiz o'zining bioxilma-xilligi – tog‘ va o‘rmonlarning ko‘pligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mineral va termal suvlari yoki loy konlari bilan ajralib turadi.
Gruziya yumshoq va har xil iqlimi, Qora dengiz subtropik, quruq kontinental va hatto alp tog'lariga xos iqlimga egadir.
Umuman olganda, Gruziya tuprog'i nihoyatda unumdor. Biz turli xil mavsumiy meva va sabzavotlar, sog'lom va mazali sut mahsulotlari va benihoya ajoyib ziravorlar bilan siylanganmiz. Ushbu ajoyib ingredientlarni mohirona aralashtirish ta'mlarning ajoyib simfoniyasini yaratadi. Biroq turli ingredientlar va lazzatlar bilan o'ynab hammasi qanday boshlandi?
Odamlar ko'pincha biz osongina qo'lga kiritgan barchasini o'ylamasdan va minnatdorchiliksizqabul qildilar. Zamonaviy dunyoda esa siz xohlagan narsaga erishish juda oddiy va hatto tezdir. Misol uchun, siz shunchaki, supermarketga borib, turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishingiz yoki restoranga tashrif buyurib, mazali taomlarni tanovul qilishingiz mumkin. Agar borishga erinsangiz, bu ham muammo emas, bir tugmachani bosish orqali buyurtma berishingiz mumkin va mazali taomlar uyingizga yetkazib beriladi.
Biroq, dastlab odam xom yegulik iste'mol qilgan. U terimchi va ovchi bo'lgan. Ba'zi bir bosqichda, ehtimol, tasodifan, u olovda pishirilgan taom ancha mazali va xavfsizroq ekanligini aniqlagan.
Vaqt o'tishi bilan u o'z qo'li bilan turli xil mahsulotlarni yetishtirishni boshladi, ko'chmanchilikni tashlab, dehqonchilik bilan shug'ullandi, shuningdek, pazandachilikni ham o'zlashtirdi. Sekin-asta u ham taomlarga turli xil ta’mlar qo‘shishi mumkinligini anglab yetdi, murabbo tayyorlash uchun turli xil idishlarni o‘ylab topdi va nihoyat, hatto ularni chiroyli tarzda dasturxonga tortishni boshladi. Bularning barchasining ortida qancha tajriba va innovatsiyalar turganini bir tasavvur qiling! Mahsulotni topish, tatib ko‘rish, xonakilashtirish, yetishtirish, qovurish, qaynatish, achitish, achchiq va shirin ta’mlarni aralashtirish, idishlarni bezatish... Pazandachilik— bu, bir vaqtning o'zida ham san’at, ham fan.
Gruzincha raqs va qo‘shiq kabi bugungi kunda mamlakatimizning o‘ziga xosligini uzviy qismiga aylangan narsa ko‘pchilikning ko'zga ko‘rinmas mehnatining samarasidir. Bu ham boy tarixiy merosimizning ko‘zgusidir. Gruziya geografik jihatdan tarixiy yo'llar chorrahasida joylashgan. U orqali turli davrlarda muhim savdo yoʻllari, jumladan Yevropa va Osiyoni bogʻlagan “Ipak yoʻli” oʻtgan.
Ehtimol, aynan Osiyo, Markaziy Osiyo va Yevropa ta'siridan gruzin ziravorlarining, taom tayyorlash texnikasi hamda masalliqlarining xilma-xilligini shakllangan bo'lishi mumkin.
Gruzincha bayramona dasturxon — bu, nafaqat yegulik va ichimlikdan iboratligi bizning tilimizda yaqqol namoyon bo'ladi. "Do'stlik" so'zi birgalashib taom tanovul qilish bilan uzviy bog'langan xalqda ovqatlanishga bo'lgan munosabat haqida ortiqcha so'zlarsiz barchasi ma'lum.
Taom bilan siylash — bu o'ziga xos marosim, hayotni uzaytirish va uni almashishning muqaddas jarayoni. Agar muqaddaslik haqida so'z ochsak, nonni albatta eslatib o'tishimiz kerak, bu gruzin dasturxonining asosi bo'lgan. Nondan bir bo'lak bo'lib, uni boshqalar bilan baham ko'rish chuqur o'zaro aloqadan darak beradi.
Yurtning har bir go‘shasining o‘z noni bo‘lgan, qadimlar aytganidek, bir qishloqda non yopilsa, uning xushbo'y isi boshqa qishloqqacha yetib borardi. Shu tarzda ziyofatlar o'tgan.
Biz nondan gruzin oshxonasining bosh go'zalligi — xachapuriga o'tishimiz kerak. Bu tantana va bayramning o'ziga xos ramzidir. Eng mazali xachapuri deyarli har bir burchakda tayyorlanadi: imeruliancha, adjarcha, megrulcha, Osetincha, Kotori tushuri va boshqalar. Xachapuri hatto nomoddiy madaniy meros maqomiga ham ega.
Siz atigi ikkita ingredientdan iborat oddiy taom qanday qilib bu qadar mazali bo'lishi mumkin deya hayron bo'lishingiz mumkin?
Garchi yana bitta sirli tarkibiy qism bor — bu, muallifning mehri va qalbi! Busiz xachapuri o'xshamaydi! Xamir qorish paytida siz qanday qo'shiq xirgoya qilishingizga ko'p narsa bog'liq.
Puri so'zi Hindistonda ham uchrab bo'lsa-da, xachapuri hali ham nisbatan yevropacha ko'rinishiga ega. Uni hatto gruzin pitsasi deb ham ataydilar. Bu yerda biz yaqqol namoyon bo'lgan Osiyocha urg'u Xinkaliga duch kelamiz. Uning uzoq qarindoshlari Tibetda, Xitoyda, Nepalda yoki Mo'g'ulistonda ko'p uchraydi, ammo ularning hech biri xinkali kabi dong taratmagan. Bu shunchaki taom emas, bu o'ziga xos va noyob narsa — xinkalini yeb ko'rish kerak. Xinkalini tanovul qilish — bu tajriba. Bunda o'z qoidalari mavjud bo'lib, biz mamlakatimizning barcha mehmonlariga ularni bajonidil o'rgatamiz. Uni qo'lingiz bilan ushlab ko'rganingizda, uning nafisligini to'liq his etasiz. Xinkali aynan shunday: o'rtangizda hech narsa bo'lmasligi kerak, faqat siz va Xinkali.
So'nggi paytlarda vegetarian taomlariga bo'lgan talab ortib borayotgani sababli, butun dunyo bo'ylab vegetarianlar kundalik taomnomasini boyitadigan mazali taomlarni qidirmoqda. Albatta, bizning xilma-xil pxalilar assortimentimiz (yong'oq va ziravorlar bilan turli xil sabzavotli pastalar) e'tibordan chetda qolmadi. Ismaloq, lavlagi, karam, baqlajon, sabzi, loviya, qushqo'nmas, ko'k piyoz — bularning barchasi yong'oq va ziravorlar bilan birgalikda nozik ta'mlarning chinakam lazzatini yaratadi! Mazali va foydali. Bu haqiqatan ham zamonaviy dunyoning da'vatlariga javob beradi.
Gruziya taomlarini sanab o'tish — u qadar oson ish emas, barcha hududlarni aylanib chiqish kerak: Svan kubdari, Rachin lobiani, Megrel xarchosi va elarjisi, Gurian pirogi. Gruziya taomlari barchaning qalbini zabt etgani ajablanarli hol emas. Gruziya ovqat shinavandalari uchun haqiqiy jannatdir. Mamlakatimiz mehmonlaridan Gruziyaning aynan nimasi ularga ko'proq yoqqanini so'raganlarida, ular birinchi navbatda bizning taomimiz va sharobimizni e'tirof etadilar.
Gruziya oshxonasi jahon oshxonasining yashirin xazinasi hisoblanadi, ammo so'nggi yillarda u xalqaro maydonga tobora ko'proq kirib bormoqda va munosib e'tirofga sazovor bo'ldi. Buni isbotlash uchun shuni aytamanki, xachapuri ko'plab nashrlarga ko'ra 100 ta eng yaxshi taomlar ro'yxatiga kiradi, Gruziya esa doimo yetakchi o'rinni egallaydi. Gruziya oshxonasining siri shundaki, ovqat pishirish oshxonada emas, balki yerdan boshlanadi, chunki biz qishloq xo'jaligi mamlakatimiz. Xo‘sh, peshona teringiz, mehnatingiz, mehringiz bilan yetishtirilgan rizq-ro‘zdan qanday qilib g‘ururlanmaysiz ahir?!
Biz madaniy merosimizning qadr-qimmatini tushunamiz. Aynan shuning uchun oshxona an'analari avloddan-avlodga o'tadi va ba'zi retseptlar asrlar davomida o'zgarmagan holda bizga yetib kelgan.
Biroq, Gruziya oshxonasi hali ham zamonaviy va dolzarbdir. Bir qator yetakchi mahalliy restoranlar an'anaviy gruzin taomlari bo'yicha zamonaviy taomlarni taklif qiladi. Bu, Gruziya oshxonasi doimo rivojlanishda davom etadigan jonli organizm va urf-odatlar kelajakka o'tishimizga yordam beradigan kuchdir hamda bu ajoyib sarguzashtda Borjomi har doim gruzin dasturxonining munosib vakili bo'lib qolishidan dalolat beradi.