Qish bilan uchrashuv uchun mahsulot
Ob-havo sovishi bilan, terimiz tashqi parvarishlash vositalaridan tashqari, terimizning salomatligi va yoshligi uchun zarur vitamin va minerallarni oziq-ovqatdan olishi nihoyatda muhimdir.
Ushbu besh mahsulot yozgi quyoshning kuydiruvchi nurlaridan keyin terimizning holatini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, bizni qishning sovuq kunlariga yaxshi tayyorlaydi.
Olma yallig'lanishga qarshi kuchli vositadir, qadimgi inglizlar — kuniga 1 ta olma iste'mol qilinishi shifokorga tashrif buyurishning oldini oladi deya e'tirof etganlar — bu aslo mubolag'a emas.
Olma kletchatkaga boy, shuning uchun sog'lom ovqat hazm qilish tizimining asosi bo'lgan qimmatbaho kletchatkani yo'qotmaslik uchun ularni sharbat shaklida ichishdan ko'ra, olma iste'mol qilish muhimroqdir. Olma terisida ultrabinafsha nurlar ta'sirida inson terisiga yetkazilgan zararni neytrallovchi pigment mavjud bo'lib, undagi ozuqa moddalari melanin hosil bo'lishida ishtirok etadi — melanin esa terimizni quyosh nurlaridan himoyalaydi.
Kuniga 1 dona olma immunitetni rag'batlantiruvchi vosita bo'lib, uning tarkibidagi C vitamini tufayli qishdan oldingi davrda, virusli mavsumda juda muhimdir.
Zanjabilni pazandalik va dorivor maqsadlarda ishlatish tarixi ko'p asrlarga borib taqaladi.
Zanjabil yallig'lanishga qarshi kuchli xususiyatlarga ega, shuning uchun u limon va asal bilan birga shamollashda qo'llaniladi. Shu bilan birga, terining holatini yaxshilash va bir qator kasalliklarning oldini olish uchun zarur bo'lgan antioksidantlarga ham boy.
Zanjabil qon aylanishini va hujayralarni yangilanish jarayonini tezlashtiradi, ozuqa moddalarini butun tanaga tarqatadi, toksinlarni yo'q qilishga yordam beradi, bu sog'lom va yaxshi parvarishlangan teri uchun zaruriy shartdir.
Keyl —bu "superfood" bo'lib, eng sog'lom sabzavot hisoblanadi. K vitaminiga boy karamning bu turi ko'plab foydali jarayonlarda ishtirok etadi, yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, terini qarish jarayonini sekinlashtiradigan ultrabinafsha nurlar ta'siridan tabiiy ravishda himoya qiluvchi karotenoidlarni o'z ichiga oladi.
Yong'oq — omega-3 ga boy o'simlik ozuqasi bo'lib, kuniga 1 hovuch yong'oq terini silliq saqlashga yordam beradi, qon aylanishini yaxshilaydi, bu organizmda ozuqa moddalarining bir tekis taqsimlanishi uchun zarur shartdir, terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi va shikastlangan terini davolaydi.
Ma'lumki, apelsin va limon C vitamini manbai bo'lib, u immunitetni mustahkamlash bilan birga kollagen hosil bo'lishida ishtirok etadi va terimiz elastikligi aynan kollagenga bog'liq. 1 stakan tsitrus sharbati C vitaminining kunlik dozasini o'z ichiga oladi.