Borjomi vizual evolyutsiyasi
Moddiy dunyoda muqimlik yo'q, hamma narsa o'z shaklini o'zgartiradi. Shuningdek, hech qaysi shakl hech qachon takrorlanmaydi: tabiatda ikkita bir xil qor parchalari ham mavjud emas. Hamma narsa o'zgaruvchandir. Bu qoidalar doimiy yangilanish bo'lgan mavjudlik uchun zarurdir. Tarkib bir xil bo'lib qolishi mumkin, lekin shakl har doim o'zgaradi.Borjomi bundan mustasno emas; ushbu hayotbaxsh suvning tashqi ko'rinishi qiziqarli evolyutsiyani boshdan kechirdi. Shishalar va yorliqlar o'zgartirildi va barcha davrlar Borjomi shishasida o'z aksini topdi. Aynan shu haqda bugun suhbatlashamiz.Borjomining asl shishasi noyob hodisaga aylandi. Noyobligi shundaki, yorliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shishaga o‘yib yozilgan va bu shishalar uzoq Finlyandiyadan olib kelingan. Skandinaviyadan shisha butilkalarni tashish naqadar qiyinligini, ko'p vaqt talab qiladigan va norentabelligini tasavvur qilish mumkin!Aynan shu sabablarga ko'ra Borjomida shisha zavodi ochildi. Oq rangdagi shishalar to'q rangli shishalarga almashtirildi. Gravirovkasi saqlanib qolgan va agar siz unga zamonaviy nuqtai nazardan qarasangiz, u nihoyatda nafis ko'rinardi.O'sha davrning yorliqlarida "Yekaterininskiy istochnik", "Yevgeniyevskiy istochnik" yozuvlarini ko'rish mumkin edi. Yevgeniy Kavkaz hokimi Golovin edi, Yekaterina esa uning qizi edi. Yekaterina shifo topganidan so'ng, hokim Borjomi suvining xususiyatlaridan hayratda qoldi, u buloqlarni obodonlashtirishni buyurdi va ularni qizi va o'zi sharafiga nomladi.Borjomi mashhur bo'la boshlagani tufayli eksport masalasi yuzaga keldi. Taklif etilgan kimyogar F. Moldhauner shishaga solingan mineral suv uzoq vaqt davomida o'zining fizik va kimyoviy xususiyatlarini saqlab qoladigan usulni ishlab chiqdi. Borjomi imperiya chegaralaridan tashqariga chiqdi va tashqi bozorda tegishli yorliqlar bilan paydo bo'ldi.Tez orada mineral suv Belgiya, Germaniya va Rossiyada xalqaro e'tirof va maxsus mukofotlarga sazovor bo'ldi. U ko'rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va uning nomi butun dunyoga tarqaldi; Borjomi deyarli hamma joyda edi.XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Borjomi Gruziyaning tashrif qog'oziga aylandi va hamma buni allaqachon bilar edi. Bunday paytlarda brendingga qo'pol aralashuvlar tavsiya etilmadi, shuning uchun Borjomi yorlig'iga o'zgartirishlar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirildi.Shishaning barcha versiyalarida biz qizil va ko'k ranglarning kombinatsiyasini, mashhur Borjomi favvorasini va, albatta, o'yilgan kiyik siymosini ko'ramiz.Yorliq chiziqlari biroz o'zgargan, ammo shishaning ko'k-zangori rangi har doim saqlanib qolgan, aytmoqchi, patentlangan va "Gruzincha zangori" deb nomlangan.Ushbu xususiyatlar tufayli Borjomi shishasi yodda qolar vizual tasvirni yaratadi va odamlarning ongiga muhrlanadi. Buni hatto "Solyaris", "Terminal", "Born Ultimatumi" va boshqa mashhur filmlarda ham ko'rish mumkin.Sovet Ittifoqining qulashi hamma narsaga, shu jumladan Borjomiga ham ta'sir qildi. Biroq, bu xarobalardan butunlay yangi Borjomi tug'ildi. 1995-yildan beri Gruziya Glass & Mineral Water kompaniyasi tashkil etilgan bo'lib, u suv ishlab chiqarishni o'z zimmasiga oldi va sevimli brendni xalqqa qaytardi.
2010-yil — Borjomi rebrendingi yili: yorliq va shishaning shakli o'zgaradi. Borjomi, tanadan zararli moddalarni chiqarib yuboradi hayotbaxsh suv kabi, "Ortiqchadan xalos bo'lish" degan xabarni olib keladi. Va bu xabar deyarli butun dunyoni qamrab oldi.2019-yildan beri Borjomi logotipi sezilarli darajada takomillashtirildi. Qopqoq yangilandi va dizayn kumush rangga ega bo'lib, brendning yuqori sifatini ta'kidlaydi. Endi siz qadoqdagi QR-kodga qarab, Borjomi tarixi haqida bilib olishingiz mumkin.Borjomi doimo zamonaviy odamlarning talablariga javob berib, vaqt o'tishi bilan tobora ko'proq rivojlanib bormoqda. David Koma dizaynidagi alyuminiy bankadagi "Borjomi" — buning yaqqol isboti.Shunday qilib, nafaqat Borjomi tarkibi, balki uning tashqi ko'rinishi ham doimo jonli va yangi bo'lib qolmoqda. U o'z shaklini o'zgartiradi, shishadan shishaga, bankadan bankaga o'tadi, lekin tarkibi har doim bir xil bo'lib qolaveradi — hayotga to'la musaffo suv, Zamin qa'ridan bir munerallar guldastasi.Bahramand bo'ling!
Borjomi = Gruziya
Ehtimol siz Gruziya naqadar kichkinaligi va shunga qaramay naqadar xilma-xil ekanligi borasida o'ylanib ko'rgandirsiz. Ushbu diyor xushmanzara maskanlar bisyor va ularning har biri o'zining tabiati, iqlimi, fe'l-atvori, tarixi, xushiforlari va hissiyotlari bilan o'zaro ajralib turadi. Bu yerda eng katta kontrastlar uyg'unlashadi: tog'lar va dengiz, zamonaviylik va qadimiylik, dilovarlik va yumshoqlik.Keling, har bir go'sha bo'ylab sayr qilaylik:Kaxetiya — ko'p ofatlarni ko'rgan, jangovar va xurram. Agar tarixga nazar tashlansa, Kaxetiya doimo dushmanlarga qarshi turgan va mamlakat mustaqilligi qo'riqchisi bo'lgan. Ehtimol, aynan shu Kaxetiya bayramona dasturxonlarining an'anasi bilan bog'liqdir. Jangu jadallardan charchaganlar yaxshi hordiq chiqarish va g'alabani nishonlashga muhtoj bo'lganlar.Gruzincha sharob haqida gap ketganda, birinchi navbatda Kaxetiya mintaqasi yodga tushadi. Qvevri sharobini tayyorlashning qadimgi gruzin an'anaviy usuli Kaxetiyadan kelib chiqqan va UNESCOning nomoddiy madaniy merosi maqomini olgan. Bu dunyodagi eng qadimgi vinochilik texnologiyalaridan biridir.Kaxetiya markazi — Telavi, hali ham qirollik o'tmishi — o'rtamiyonalik, tinchlik va go'zallik ta'sirida bo'lgandek go'yo. Bu Kaxetiya qirolligining taxt shahri va Gruziya mustaqilligining ramzi bo'lgan Irakliy II qarorgohi edi.Tusheti — Gruziyadagi eng ovloq va bokira, muqaddas joy. Tushetiga olib boradigan yo'l ekstremal va hayajonli manzaralari, go'zal tog'lari va dalalari bilan o'ziga xos sarguzasht bo'ladi. Bu yo'lda siz dengiz sathidan 2345 metr balandlikda joylashgan Yevropadagi eng baland qishloqqa ham duch kelasiz. Tasavvur qiling-a, bir kunlik charchagan va adrenalinga to'la sayohatdan so'ng, manzil yakunida siz o'zingizni vodiyda, sivilizatsiya va dam olishdan yanada yiroqroq va tinchroq holda topasiz. Ushbu ajoyib tog'lar fonida siz mazali Kotori tushuridan bahramand bo'lasiz va quyosh chiqishidan oldin tik qoyalarda yig'ilgan xushbo'y choyni tatib ko'rasiz. Ehtimol, alpinistlar Everest bazasi lageriga qaytganlarida o'zlarini aynan shunday his etishar.Kartli — qadimiy tarix va arxeologik yodgorliklar ombori. Goridan atigi 10 km uzoqlikda joylashgan Shida Kartlida sizni ajoyib manzara kutmoqda.Qadimiy, qoyaga o'yilgan, ko'zga tashlanmas sirli shahar, uning maqsadi tadqiqotchilar o'rtasida davom etayotgan munozaralar mavzusidir. Bir versiyaga ko'ra, Uplistsihe majusiylar va ularning xizmatkorlari shahri bo'lgan. Shahar bo'ylab siz ko'plab butparast ibodatxonalari, marosim zallari va yashirin tunnellarni topishingiz mumkin.Siz Uplistsihe haqida ko'plab afsonalarni eshitasiz. Yana bir versiyaga ko'ra, bu hatto turli o'lchamlarni bir-biri bilan bog'laydigan o'ziga xos portal bo'lgan.Bundan tashqari, Uplistsiheni bir uchida oltin bo'lgan tanga yordamida qullar qurgan va ish quroli eskirgandan so'ng, qulga ozodlik berilgan va qo'lida oltin mukofot bo'lgan degan afsona ham bor. Bunga naqadar katta urinish sarflaganini tasavvur qila olasizmi?Kvemo Kartli arxeologik yodgorliklari sizni hayratda qoldirishda boshqalardan aslo qolishmaydi. Bu yerda 1991-yilda "birinchi yevropaliklar, Zezva va Mzia" topilgan Dmanisi shahri! Ular ushbu hududda 1,8 million yil avval yashaganlar. Ularning ish qurollari va yovvoyi hayvonlari ham shu yerdan topilgan. Dmanisi xalqi Afrikadan tashqarida yashovchi eng qadimgi hominidlardir.Samtsxe-Javaxeti — bokira o'rmonlar va tabiiy suv havzalari ramzi. Bizning sevimli Borjomi ham shu mintaqaga mansub. Samtsxe-Javaxetida Yevropadagi eng yirik milliy bog'lardan biri - Borjomi-Xaragauli milliy bog'i joylashgan. Bu yerda siz hayvonot va o'simlik dunyosining eng noyob vakillarini uchratasiz, ularning o'nlab turlari Gruziya Qizil kitobiga kiritilgan.Borjomi oltingugurtli hovuzlar va mineral suv konlari bilan boyligi bilan ajralib turadi. “Borjomining eng musaffo, hayotbaxsh suvi oʻz sayohatini 8000 metr chuqurlikdan boshlaydi va yer yuzasiga koʻtarilgunga qadar 60 dan ortiq noyob minerallar bilan boyitiladi."Imeretiya — iste'dod va mehmondo'stlik ramzi!Imeretiya markazida, Kutaisi shahrida, UNESCOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Gelati monastiri joylashgan.Kutaisi ko'plab iste'dodli gruzinlarning vatani hisoblanadi. Ular orasida Akaki Tsereteli, Paolo Iashvili, Niko Nikoladze, Zakariya Paliashvili va boshqalar bor.Gruziya bayramona dasturxoni, mehmondo'stligi va bayramlarining ramzlaridan biri - Imeruli xachapuri.Guriya — g'oyat go'zal, shirin va jarangdor. Guriya gruzin folklorining noyob namunalari, jumladan, tengi yo'q "Krimanchuli" — maromli, nozik va ko'p ovozli qo'shiqlari bilan ajralib turadi. Aytishlaricha, guriyaliklar har doim ish va qayg'uni yengillashtirishga intiladilar. Shuning uchun ular krimanchuli, kanuri yoki naduri kuylaydilar.Guriyaliklar nafaqat qo'shiq aytishlari, balki tezkorligi, quvnoq tabiatliligi, shuningdek, hazilkashligi bilan ham mashhurdirlar. Guriya bo'ylab sayohat qilish, nafaqat tabiati, balki xalq og'zaki nutqiga ham maftun bo'lish chinakam zavq hisoblanadi.Samegrelo — beqiyos go'zal va totli go'sha. Samegrelo tabiati Gruziyadagi eng mashhur sanaladi.Tobavarchxili, Martvili va Balda kanyonlarining ulug'vor ko'llari, Kolxeti milliy bog'i, Paliastomi ko'li va boshqalar.Aytgancha, ko'plab sayohatchilar nafaqat Samegrelo tabiatining, balki Megrelian ayollarini ham go'zalligini ta'kidlaydilar. Aleksandr Dyumaning so'zlariga ko'ra, "Qora ko'zli malla sochli va moviy ko'zli qora sochli Megreliyalik ayollar, yer yuzidagi eng go'zal hilqatlardir".Samegrelo oshxonasi shubhasiz yetakchilardan biridir: Megrelian sulguni, elarji, gebzhaliya, xarcho, Megreliya ziravorlari — chinakam lazzat bayramini yaratadi!Adjariya — Gruziyadagi ko'p qirrali maskan. Siz mashhur savolni bilasizmi? Siz nimani afzal ko'rasiz: tog'larnimi yoki dengiznimi? Har ikkalasi ham ajoyib va ularning har ikksi ham Adjariyada bor.Batumi, Gonio, Tsihisdziri, Kvariati — go'zal plyajlar va ajoyib tog'li Adjariya — Xulo, Keda, Beshum yoki Gomarduli ... Ajariyaning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 3007 metr balandlikda joylashgan. Xuddi shu tizmada unutilmas Goderdzi dovoni joy olgan bo'lib, unda hatto tog' chang'i kurorti qurilgan. Keling, Adjariyaning beqiyos yashil tabiatini ham yodga olaylik: Kintrishi, Ispani, Machaxela darasi, Mtirala milliy bog'i va Batumi botanika bog'ining qo'riqlanadigan hududlari! Ajariyada to'rtta qo'riqlanadigan hudud mavjud.Svaneti — matonat, qudratli mamlakat durdonasi. Svaneti cho'qqisiga ko'tarilayotganda, ulkan va sarvqomat tog'lar hamda minoralar hayratda soladi, bamisoli butunlay o'zqacha olam ochilayotgandek. Turli xil tabiiy ofatlar va dushmanlar xujumlariga qarshi turgan Svan minoralari svancha fe'l-atvorning o'ziga xos ramzi sanaladi. Bir qarashda, g'amgin va nihoyatda to'g'ri ular har doim ochiq va olijanob bo'lganlar.
Maʼlumotlarga koʻra, Gruziyaning turli hududlariga dushmanlar bostirib kirishi chogʻida Svaneti ziyoratgohlari va minoralarida turli qoʻlyozmalar, ikonalar va qimmatbaho buyumlar yashirib qo'yilngan. Aynan shu tarzda ular Gruziya madaniyatining o'ziga xos xazinasiga aylandi. Svanlar bu vazifani aniq ijro etganlar, zero ikona o'g'risi jamiyatdan uzilgan va uni Xudoning qahriga uchragan edi.
Biz haqiqatdan han Gruziyaning barcha diqqatga sazovor joylarini bitta blogga joylashtirishga erisha olmadik. Bu mamlakatimizning o'ziga xos xususiyatlarining atigi kichik ro'yxati xalos. Biz Borjomi Gruziyani xalqaro maydonda va butun dunyoda namoyish etayotganidan faxrlanamiz. Bu hatto Gruziyaning ramzi sanaladi.
Borjomi va pop-madaniyat
Brendlar ko‘pincha kinoda paydo bo‘ladi va unutilmas lahzalarni yaratadi, ba’zan hatto aktyorlarda havas ham uyg‘otadi. Keling, "Forrest Gamp" filmida "Doktor Pepper"ning paydo bo‘lishi qanday esda qolarli bo‘lganini eslaylik. Ushbu epizod tomoshabinlar ongida ichimlikni boqiy film bilan abadiy bog‘lagan.
Rejissyorlar mashhur brendlardan foydalanishni kanda qilmaydilar, ular filmda tasvirlagan voqelikni imkon qadar aniqroq berishga harakat qiladilar.
"Borjomi" ham bundan mustasno emas edi: bunday buyuk an’analar va madaniyatga ega brend ko‘plab mashhur filmlarda uchraydi. Ulardan ba’zilari sizni hayratda qoldiradi.
"Borjomiy"ning sovet va postsovet filmlarida paydo bo‘lishi ajablanarli emas, ammo uzoq kelajakda sodir bo‘ladigan sovet ilmiy fantastikasida bu haqiqiy hayratdir. Siz Andrey Tarkovskiyning "Solyaris"ida, solyaristika bo‘yicha konferensiya sahnasida stolga mineral suv quyilgan shishani qo‘yganiga ahamiyat berdingizmi? Biroq, shisha yorliq bilan pastga ag‘darilishi kerak edi, lekin rejissyorning o‘zi xohishi bilan ekranda shisha yorlig’i paydo bo‘ldi, chunki u "Borjomi" kelajakda mavjud bo‘lishiga va ilmiy konferentsiyalar stollarini bezashiga chin dildan ishonardi.
Basharti "Solyaris"da "Borjomi"ning paydo bo‘lishi kutilmagan hol bo'lgan bo‘lsa, "Moviy tog‘lar"da bu aql bovar qilmaydigan voqea emas. Soso o‘z ijodining o‘quvchisini izlab nashriyot binosida uyoqdan-bu yoqqa yurar ekan, xodimlar shaxmat o‘ynaydilar va xuddi shu paytda o‘yinchilardan biri "Borjomi" shishasini oladi. "Moviy tog‘lar" o‘sha davr voqeligini aks ettiradi va "Borjomi" ham bu voqelikning ajralmas qismi bo‘lgan. Bunday mayda detallar har bir kishiga tanish bo‘lgan voqelik tuyg‘usini yaratadi.
Keling, "Moviy Tog'lar"dan "Born Ultimatumi"ga katta o'tishni amalga oshiraylik.
Xotirasini yo'qotgan va o‘zligini izlay boshlagan oliy darajadagi ayg‘oqchi Jeyson Born haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu yo'l uzoq, xavfli va sarguzashtlarga to'la, ammo aynan u Mett Deymon qahramonini "Borjomi" shishasi tomon olib boradi.
Devid Kronenbergning "Sharqona va'dalar" filmida "Borjomi" suvi Naomi Uotts, Vinsent Kassel va Viggo Mortensen kabi yulduzlar bilan birga kadrda ko'rinadi. Film voqealari Londonda bo'lib o'tadi va rus mafiyasi bilan bog'liq bo'lgan voqealar haqida hikoya qiladi. Filmda "Borjomi" bilan birgalikda gruziyalik aktyor Devid Papava ham o‘ynaydi.
"Borjomi" shuningdek, Klayv Ouen va Anjelina Joli bilan birga 2003-yilda "Chegaradan tashqarida" filmida ham paydo bo'ladi, bu yerda ikki bosh qahramon dunyoni qutqarishga urinadi. "Borjomi" ushbu film ekraniga qay tarzda tushib qolgani noma'lum, ammo haqiqat shundaki, kadrda tasodifan hech narsa sodir bo'lmaydi.
Ishonchim komilki, Tom Xenks o'zining eng yodda qolar rollaridan birida, u urush tufayli aeroport terminalida qolib ketgan xayoliy "Krakojya" davlati fuqarosini o'ynaganida, u ko'pchilikning nazaridan chetda qolgan. Bir kuni ertalab, xodimlar uyg'onganida, hozirgina uyg'ongan qahramonning boshi yonida bir shisha "Borjomi" turadi, go'yoki u krakojiyalik emas, haqiqiy gruzindek.
Yangi yil "kakkusi" - ertaklar olamiga portal
Butun dunyo temir iplar bilan bo'lganda, Gruziya bundan mustasno emas edi. XIX asrda mamlakatimizda temir yoʻl qurilish ishlarida yuksalish boshlandi. Eng murakkab relyefga ega yo'nalish asr boshida ochilgan bo'lsa ajabmas. 1902-yilda Borjomidan Bakurianigacha Angliyadan olib kelingan maxsus parovoz yo'lga chiqdi. Uning ovozi butun Borjomi vodiysini larzaga soldi. Ma'lum bo'lishicha, bu tovush kakkukning hayqirig'iga o'xshar ekan va shuning uchun uni "kakku" deb nomlaganlar.
Aynan shu tarzda Borjomi Bakuriani bilan bog'langan. O'shandan beri "kakku" sarguzashtlar debochasining ramziga aylandi. Ushbu kichik pyoezdda sayohat odamni taassurotlarga to'ldiradi. Agar kimdir sayohat qilgan bo'lsa, ehtimol har birini qandaydir tuyg'ular o'zaro bog'langan.Qarag'aylar orasiga yashiringan sehrli so'qmoq — ertak sarguzashtining mukammal kirish qismidir. Ikki soatlik safar sizni unutilmas hikoyaning boshlanishiga tayyorlaydi. Bu sizni kutilmagan narsalarni kutishga undaydi.
Aynan shundan ilhomlangan holda, yangi yil bayramiga bag'ishlangan "Borjomi" video roligi yaratildi, unda yangi yil bayramidan kelgan do'stlar "Borjomi" dan bir qultum ichib, shu zaxotiyoq sehrli sarguzashtga tushib qolishadi.
Rejalashtirgan hamma narsa orqada qolgandek bo'lsa , rejalashtirilmagan narsalarni qilishning ayni vaqti keldi! Mo''jizalar aslida shunday bo'ladi, ularni oldindan rejalashtirish mumkin emas, ularni faqat qabul qilish va tutib olishga tayyor bo'lish kerak.Hikoya, qahramonlar to‘satdan paydo bo‘lgan “Kakku” bilan birga sayohatga yo'l olishlari bilan tugaydi. Bu esa manzil asosiysi emas, balki sayohatning o‘zi, sarguzasht ekanligini ko‘rsatayotgandek bo'ladi.
Agar siz ongingizni doimo sayohat qilib yurishga majburlay olgan bo'lsangiz, unda hamma narsa yangi, demak hamma narsa mo''jiza: xo'l ko'chada aks etgan tungi chiroqlar, do'stning tabassumi, yangi yil quvvatiga to'yingan havo ... Biroq, lahzadan foydalanish va uni tutib olish kerak.Biz sizni lahzadan unumli foydalanishga taklif qilamiz, aks holda butun abadiyat shu daqiqada qulflanadi. Hayotning ulkan oqimi bu yerda va hozir oqadi. Ertaklar o'rmonida yashiringan "kakku" kabi oqayotgan hayot, agar siz ushbu muhim bayramda ishtirok etishni istasangiz, shunchaki ishonishingiz va yo'lda davom etishingiz kerak. O'zingizni hayotbaxsh quvvat bilan to'ldiring va o'zingiz hayot manbai bo'ling.Kim bilsin? Siz o'zingizni boshqa odamlarning hayotida mo''jiza sifatida topishingiz va ularni sehrli sayohat sari yetaklab olib o'tishingiz mumkin.
Suvda namoyon bo'luvchi gruzincha iste'dod
Borjomidagi hayotbaxsh suv uzoq vaqt davomida barchaning nazaridan chetda qoldi. Uning o'zi yer qaridan o'rmonda sokin oqardi, ehtimol uning afsonasini faqat bir nechta odamlar bilishgan va uning hayotbaxsh kuchidan zavqlanganlar.
Arxeologik qazilmalar paytida topilgan tosh vannalar hayotbaxsh suvdan nafaqat ichimlik uchun, balki ming yillar oldin ishlatilganligini ko'rsatadi.
Siz hayotda ikki marta tug'ilasiz, deb bejiz aytilmagan.
Xuddi shu narsa Borjomi misolida ham sodir bo'ldi: hayotbaxsh suv, tinchgina shivirlab, XIX asrda butun imperiyaning e'tiborini tortdi. O‘shanda Borjomi shu qadar mashhur bo‘lganki, Rossiyaning Kavkazdagi vakil hokimi Yevgeniy Golovin qizini Borjomiga davolanish uchun yuborgan.
Yekaterina qanday kasallikka chalingani noma'lum, ammo Borjomi uni yarador kiyik kabi davolagani haqiqatdir.
Birinchi manba paydo bo'ldi — Yekaterina chashmasi. Bu yerda Borjomining ikkinchi hayoti boshlandi.
Vaqt o'tdi va suv u bilan birga oqdi.Hokimlar o'zgardi, lekin Borjomi o'zgarishsiz qoldi. Binobarin, ularning qiziqishi ham so'nmadi.
Golovindan keyin Vorontsov, Vorontsovdan keyin esa Romanov keldi.
Ikkalasiga ham Borjomining suvi va tabiati shu qadar yoqdiki, uni yozgi qarorgohga aylantirdilar. Uylar, hammomlar, mehmonxonalar qurildi. O'sha davrdagi mehmonxonalarning nomlari ham Borjomi Yevropalik kiborlari: Marsel va Berlin uchun kurort ekanligini ko'rsatadi.Bu joy: salon suhbatlari, adiblar, musavvirlar, sevishganlar va aristokratlar.
Tez orada suv oqa boshladi. Dastlab, jarayon qo'l mehnati bo'lgan, shu jumladan shisha butilkalarni tayyorlash ham. Biroq, vaqt o'tishi bilan hamma narsa mexanizatsiyalashgan. 1900 yilga kelib Borjomi eksport qilina boshladi va 1913 yilga kelib ishlab chiqarish 9 million shishaga yetdi.
Hamma bir ovozdan bunday xususiyatga ega suv dunyoning hech bir joyida yo'q degan fikrga qo'shildi.
Sovet Ittifoqi davri kelgandan so'ng, Borjomi SSSR bozorini osongina o'zlashtirdi.
U hamma joyda edi: ziyofatlarda, to'ylarda, tug'ilgan kunlarda, teatrlarda, opera zallarida, kinoteatrlarda. Sayyora taqdiri hal qilinayotgan tarixiy daqiqalarda ham Borjomi hozir bo'lgan. Usiz hech narsa bo'lishi mumkin emas edi. U sodir bo'layotgan hamma narsaning guvohi va kuzatuvchisi edi.
Sovuq urush davrida ham u temir pardani yorib o'tgan va AQSh da sotilgan.
Tabiat o'z farzandlarini kamsitmaydi, u hammaga baravar g'amxo'rlik qiladi, ularni hayot bilan to'ldiradi.
Bu Borjomining mohiyati — ona tabiatning mutlaq muhabbati, shishadagi jin kabi butilkaga joylangan.
Ko'p urinishlarga qaramay, Borjomi hech qachon o'zining gruzinligini yo'qotmagan; u har doim gruzin madaniyati, raqsi, qo'shiqlari, tabiati, noyob dasturxoni va mehmondo'stligi ramzi bo'lib kelgan. Bu gruzin nomoddiy qadriyatlarining moddiylashtirilgan ko'rinishidir. Borjomining gruzin yerlari bilan aloqasi shu qadar kuchliki (to'g'ridan-to'g'ri ma'noda), uni buzish deyarli mumkin emas.
Aytishimiz mumkinki, Borjomi Gruziya bilan birga o'zini o'zi belgilashdek uzoq davrni bosib o'tdi.
O'zingizni topish qiyin emas. Siz shunchaki o'zingizga tegishli bo'lmagan narsalarni, sizga tashqaridan majbur tatbiq etilgan narsalarni yo'q qilishingiz kerak va shunda qolgani — o'zingizniki bo'ladi. Uning ustiga turganingizda siz qudratli bo'lasiz, zero bu abadiy narsadir, uni hech kim va hech narsa sizdan tortib ololmaydi.
Borjomi tasviriga kiritilgan gruzin bezaklari hayotbaxsh suv va uning mamlakatini yanada bog'ladi.
Umuman olganda, geometrik shakllarni har qanday etnik madaniyatga bog'lash qiyin.
Karl Gustav Yung yoshligida daftarida chizgan eskizlari avstraliyalik aborigenlarnikiga mos kelishini payqab, u kollektiv ongsizlik deb atagan narsaning ajoyib kashfiyotiga olib keldi.
Ha, geometriya universaldir va bu shakllar kollektiv ongsizlikning tubida yotadi, lekin yuzaga ko'tarilgach, u individual ong prizmasidan o'tib ketadi va mahalliy chizgilar bilan to'ldiriladi.
Gruziya naqshlari — bamisoli kollektiv ongsizlikdan kelib chiqqandek, lekin Borjomi kabi gruzin ruhiga aylanadi. Ona zaminning tubida tug'ilgan, lekin gruzin qalbida haykaltaroshlik qilgan.