Hayotbaxsh suv

Hayotbaxsh suv

19 декабр, 2023

Borjomi = Gruziya

Ehtimol siz Gruziya naqadar kichkinaligi va shunga qaramay naqadar xilma-xil ekanligi borasida o'ylanib ko'rgandirsiz. Ushbu diyor xushmanzara maskanlar bisyor va ularning har biri o'zining tabiati, iqlimi, fe'l-atvori, tarixi, xushiforlari va hissiyotlari bilan  ajralib turadi. Bu yerda eng katta kontrastlar uyg'unlashadi: tog'lar va dengiz, zamonaviylik va qadimiylik, dilovarlik va yumshoqlik.

Keling, har bir go'sha bo'ylab sayr qilaylik:

Kaxetiya — ko'p ofatlarni ko'rgan, jangovar va xurram. Agar tarixga nazar tashlansa, Kaxetiya doimo dushmanlarga qarshi turgan va mamlakat mustaqilligi qo'riqchisi bo'lgan. Ehtimol, aynan shu Kaxetiya bayramona dasturxonlarining an'anasi bilan bog'liqdir. Jangu jadallardan charchaganlar yaxshi hordiq chiqarish va g'alabani nishonlashga muhtoj bo'lganlar.

Gruzincha sharob haqida gap ketganda, birinchi navbatda Kaxetiya mintaqasi yodga tushadi. Qvevri sharobini tayyorlashning qadimgi gruzin an'anaviy usuli Kaxetiyadan kelib chiqqan va UNESCOning nomoddiy madaniy merosi maqomini olgan. Bu dunyodagi eng qadimgi vinochilik texnologiyalaridan biridir.

Kaxetiya markazi — Telavi, hali ham qirollik o'tmishi — o'rtamiyonalik, tinchlik va go'zallik ta'sirida bo'lgandek go'yo. Bu Kaxetiya qirolligining taxt shahri va Gruziya mustaqilligining ramzi bo'lgan Irakliy II qarorgohi edi.



Tusheti — Gruziyadagi eng ovloq va bokira, muqaddas joy. Tushetiga olib boradigan yo'l ekstremal va hayajonli manzaralari, go'zal tog'lari va dalalari bilan o'ziga xos sarguzasht bo'ladi. Bu yo'lda siz dengiz sathidan 2345 metr balandlikda joylashgan Yevropadagi eng baland qishloqqa ham duch kelasiz. Tasavvur qiling-a, bir kunlik charchagan va adrenalinga to'la sayohatdan so'ng, manzil yakunida siz o'zingizni vodiyda, sivilizatsiya va dam olishdan yanada yiroqroq va tinchroq holda topasiz. Ushbu ajoyib tog'lar fonida siz mazali  Kotori tushuridan bahramand bo'lasiz va quyosh chiqishidan oldin tik qoyalarda yig'ilgan xushbo'y choyni tatib ko'rasiz. Ehtimol, alpinistlar Everest bazasi lageriga qaytganlarida o'zlarini aynan shunday his etishar.


Kartli — qadimiy tarix va arxeologik yodgorliklar ombori. Goridan atigi 10 km uzoqlikda joylashgan Shida Kartlida sizni ajoyib manzara kutmoqda.
Qadimiy, qoyaga o'yilgan, ko'zga tashlanmas sirli shahar, uning maqsadi tadqiqotchilar o'rtasida davom etayotgan munozaralar mavzusidir. Bir versiyaga ko'ra, Uplistsihe majusiylar va ularning xizmatkorlari shahri bo'lgan. Shahar bo'ylab siz ko'plab butparast ibodatxonalari, marosim zallari va yashirin tunnellarni topishingiz mumkin.
Siz Uplistsihe haqida ko'plab afsonalarni eshitasiz. Yana bir versiyaga ko'ra, bu hatto turli o'lchamlarni bir-biri bilan bog'laydigan o'ziga xos portal bo'lgan.
Bundan tashqari, Uplistsiheni bir uchida oltin bo'lgan tanga yordamida qullar qurgan va ish quroli eskirgandan so'ng, qulga ozodlik berilgan va qo'lida oltin mukofot bo'lgan degan afsona ham bor. Bunga naqadar katta urinish sarflaganini tasavvur qila olasizmi?
Kvemo Kartli arxeologik yodgorliklari sizni hayratda qoldirishda boshqalardan aslo qolishmaydi. Bu yerda 1991-yilda "birinchi yevropaliklar, Zezva va Mzia" topilgan Dmanisi shahri! Ular ushbu hududda 1,8 million yil avval yashaganlar. Ularning ish qurollari va yovvoyi hayvonlari ham shu yerdan topilgan. Dmanisi xalqi Afrikadan tashqarida yashovchi eng qadimgi hominidlardir.


Samtsxe-Javaxeti — bokira o'rmonlar va tabiiy suv havzalari ramzi.           Bizning sevimli Borjomi ham shu mintaqaga mansub. Samtsxe-Javaxetida Yevropadagi eng yirik milliy bog'lardan biri - Borjomi-Xaragauli milliy bog'i joylashgan. Bu yerda siz hayvonot va o'simlik dunyosining eng noyob vakillarini uchratasiz, ularning o'nlab turlari Gruziya Qizil kitobiga kiritilgan.
Borjomi oltingugurtli hovuzlar va mineral suv konlari bilan boyligi bilan ajralib turadi. “Borjomining eng musaffo, hayotbaxsh suvi oʻz sayohatini 8000 metr chuqurlikdan boshlaydi va yer yuzasiga koʻtarilgunga qadar 60 dan ortiq noyob minerallar bilan boyitiladi."

Imeretiya — iste'dod va mehmondo'stlik ramzi!
Imeretiya markazida, Kutaisi shahrida, UNESCOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Gelati monastiri joylashgan.
Kutaisi ko'plab iste'dodli gruzinlarning vatani hisoblanadi. Ular orasida Akaki Tsereteli, Paolo Iashvili, Niko Nikoladze, Zakariya Paliashvili va boshqalar bor.
Gruziya bayramona dasturxoni, mehmondo'stligi va bayramlarining ramzlaridan biri - Imeruli xachapuri.

Guriya — g'oyat go'zal, shirin va jarangdor. Guriya gruzin folklorining noyob namunalari, jumladan, tengi yo'q "Krimanchuli" — maromli, nozik va ko'p ovozli qo'shiqlari bilan ajralib turadi. Aytishlaricha, guriyaliklar har doim ish va qayg'uni yengillashtirishga intiladilar. Shuning uchun ular krimanchuli, kanuri yoki naduri kuylaydilar.
Guriyaliklar nafaqat qo'shiq aytishlari, balki tezkorligi, quvnoq tabiatliligi, shuningdek, hazilkashligi bilan ham mashhurdirlar. Guriya bo'ylab sayohat qilish, nafaqat tabiati, balki xalq og'zaki nutqiga ham maftun bo'lish chinakam zavq hisoblanadi.
Samegrelo — beqiyos go'zal va totli go'sha. Samegrelo tabiati Gruziyadagi eng mashhur sanaladi.
Tobavarchxili, Martvili va Balda kanyonlarining ulug'vor ko'llari, Kolxeti milliy bog'i, Paliastomi ko'li va boshqalar.
Aytgancha, ko'plab sayohatchilar nafaqat Samegrelo tabiatining, balki Megrelian ayollarini ham go'zalligini ta'kidlaydilar. Aleksandr Dyumaning so'zlariga ko'ra, "Qora ko'zli malla sochli va moviy ko'zli qora sochli Megreliyalik ayollar, yer yuzidagi eng go'zal hilqatlardir".
Samegrelo oshxonasi shubhasiz yetakchilardan biridir: Megrelian sulguni, elarji, gebzhaliya, xarcho, Megreliya ziravorlari — chinakam lazzat bayramini yaratadi!

Adjariya — Gruziyadagi ko'p qirrali maskan. Siz mashhur savolni bilasizmi? Siz nimani afzal ko'rasiz: tog'larnimi yoki dengiznimi? Har ikkalasi ham ajoyib va ularning har ikksi ham Adjariyada bor.
Batumi, Gonio, Tsihisdziri, Kvariati — go'zal plyajlar va ajoyib tog'li Adjariya — Xulo, Keda, Beshum yoki Gomarduli ... Ajariyaning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 3007 metr balandlikda joylashgan. Xuddi shu tizmada unutilmas Goderdzi dovoni joy olgan bo'lib, unda hatto tog' chang'i kurorti qurilgan. 
Keling, Adjariyaning beqiyos yashil tabiatini ham yodga olaylik: Kintrishi, Ispani, Machaxela darasi, Mtirala milliy bog'i va Batumi botanika bog'ining qo'riqlanadigan hududlari! Ajariyada to'rtta qo'riqlanadigan hudud mavjud.

Svaneti — matonat, qudratli mamlakat durdonasi. Svaneti cho'qqisiga ko'tarilayotganda, ulkan va sarvqomat tog'lar hamda minoralar hayratda soladi, bamisoli butunlay o'zqacha olam ochilayotgandek. Turli xil tabiiy ofatlar va dushmanlar xujumlariga qarshi turgan Svan minoralari svancha fe'l-atvorning o'ziga xos ramzi sanaladi. Bir qarashda, g'amgin va nihoyatda to'g'ri ular har doim ochiq va olijanob bo'lganlar.

Maʼlumotlarga koʻra, Gruziyaning turli hududlariga dushmanlar bostirib kirishi chogʻida Svaneti ziyoratgohlari va minoralarida turli qoʻlyozmalar, ikonalar va qimmatbaho buyumlar yashirib qo'yilngan. Aynan shu tarzda ular Gruziya madaniyatining o'ziga xos xazinasiga aylandi. Svanlar bu vazifani aniq ijro etganlar, zero ikona o'g'risi jamiyatdan uzilgan va uni Xudoning qahriga uchragan edi.

Biz haqiqatdan han Gruziyaning barcha diqqatga sazovor joylarini bitta blogga joylashtirishga erisha olmadik. Bu mamlakatimizning o'ziga xos xususiyatlarining atigi kichik ro'yxati xalos. Biz Borjomi Gruziyani xalqaro maydonda va butun dunyoda namoyish etayotganidan faxrlanamiz. Bu hatto Gruziyaning ramzi sanaladi.

 

Share on social media