Kimyoviy mo'jiza
Insonlar ilgari mo''jiza deb hisoblagan hamma narsaning yerdagi izohini ilm-fan topib berdi. Bir qarashda mo‘jizalar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgandek tuyulishi mumkin va Nitsshe bilan hamfikr bo'lish mumkin, lekin aslida, aksincha, ilm-fan mo‘jizalarga qo‘shimcha, yanada chuqurroq jihat qo‘shgan. Bugun biz ilmiy izohlangan mo''jiza — Borjomi tarkibi haqida suhbatlashamiz.
Qadim zamonlarda ikki dengiz o'rtasida hech narsa yo'q edi va ikki dengiz aslida yagona edi. Vaqt o'tdi, yer larzaga keldi, toshlar siljiydi va dengizdan baland tog'lar otilib chiqdi. Qora va Kaspiy dengizlari bir-biridan ajralgan. Ularning orasidagi suv zamin qariga chuqur kirib, u yerda o'choq hosil qilgan.
Bu aytarli yaqinda, 1-2 million yil avval sodir bo'lgan. Dengiz ustida ko'tarilgan tog' geologik asr bo'yicha juda yosh hisoblanadi. Yosh tog'ning o'ziga xos xususiyati bor: u minerallarga boy va bu minerallar osongina yuviladi. Borjomi — navqiron va mikroelementlarga to'la hisoblanadi.
Olimlar 13 ta hayotiy muhim elementni ajratganlar va siz hayratda qolasiz, zero Borjomi suvi tarkibida ularning barchasi mavjud.
Qadimgi odamlar tushunib bo'lmaydigan kuch - Xudo yoki farishtalarga tegishli shifobaxsh mo''jiza kaliy, natriy, fosfor, kaltsiy, magniy, kremniy, xlor, alyuminiy, titan, rux, ftor, stronsiy va borning hamkorlikdagi ishi natijasi bo'lib chiqdi. Ushbu elementlar tufayli ko'p odamlar shifo topdi. Menimcha, ular ko'proq e'tirof va tahsinga munosib, shuning uchun ular haqida suhbatlashamiz.
K - Kaliy
Kaliy hujayraning me'yorda ishlashi uchun nihoyatda zarur elementdir. U yurak urishini tartibga soladi va mushaklar va asab tizimining normal ishlashi uchun javobgardir. Kaliy kichik elektron zaryadga ega bo'lib, u boshqa hujayralarga ham o'tadi va ularni jonlantiradi. Bu elementni inson tanasining o'zi ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun uni tashqaridan olish kerak. Kaliyning asosiy manbalari: mevalar, quritilgan mevalar, sabzavotlar va albatta, Borjomi!
Na - Natriy
Organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlash uchun bizga natriy kerak. Suvsizlanishdan kelib chiqadigan noqulaylikdan qochish uchun ushbu element bizda yetarli miqdorda bo'lishi kerak. Borjomi uning asosiy manbalaridan biridir.
Ca - Kaltsiy
Bizning davrimizda kaltsiy eng talabgir va tansiq elementlardan biridir. U suyaklarni, tishlarni mustahkamlaydi va mushaklarning bo'shashishiga yordam beradi. Qon bosimini tartibga soladi. Bunga qo'shimcha ravishda, kaltsiy organizm tomonidan mushaklarning to'g'ri harakatlanishi va asab tizimidagi signallarning me'yorda uzatilishi uchun zarurdir. Agar bu aloqa buzilgan bo'lsa, tanangizni boshqarib bo'lmaydigan mexanizm deb hisoblang.
Zn - Rux
Kuch-quvvatni qayta tiklash uchun rux kerak, u yaralarni davolashda ishtirok etadi, shuningdek, hujayra bo'linishi va immun tizimini mustahkamlashda katta rol o'ynaydi.
Se - Selen
Modda almashinish jarayonnidagi asosiy elementlaridan biri. Hujayralarni qalqon kabi o'rab oladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan hujayralar uchun zararli moddalar — erkin radikallardan himoya qiladi. Zamonaviy ekologik nobop yashash sharoitida ular hamma joyda mavjud: havoda, oziq-ovqatda, ichimlik suvida. Selen insonning muhim do'stidir. Bundan tashqari, qalqonsimon bezning ishlashiga yordam beradi.
P - Fosfor
Yunon tilidan tarjima qilinganda "yoruqlik tashuvchi" degan ma'noni anglatadi. Kaltsiy bilan birgalikda tish va suyaklarning shakllanishi uchun zarurdir. Shuningdek, u qondagi kislota-ishqor muvozanatini tartibga soladi va hujayralar yangilanishiga yordam beradi.
Mg - Magniy
Agar magniy hisobga olinmasa, unda boshqa minerallarning nomutanosibligi deyarli muqarrar, zero bu magniy organizmga boshqa elementlarni o'zalshtirishga yordam beradi. Siz kaltsiy olishingiz mumkin, ammo agar magniy yo'qolsa, vaqt o'tishi bilan kaltsiy yo'qoladi. Magniy modda almashinish jarayonda ishtirok etadi. Magniy tanqisligi ko'plab kasalliklarning sababchisidir.
S - Oltingugurt
Tananing asosiy qurilish materiali oqsillar bo'lib, ular biror narsadan qurilishi kerak. Ushbu elementlardan biri bu oltingugurt bo'lib, u oqsil molekulalarining fazoviy tuzilishini ta'minlaydi va bir qator muhim aminokislotalarning modda almashinuvida ishtirok etadi.
Ayni damda siz ko'zingizni yumib, diqqatingizni tanangizda jamlashimgiz, hammasini ichkaridan his qilishga harakat qilishingiz mumkin. Bizning organizmimiz evolyutsiyani qurish uchun millionlab yillar davom etgan murakkab mexanizmdir. Unga ozgina e'tibor qaratishning o'zi kifoya, ichimizda mo''jiza borligini tushunamiz.
Yuqoridagi minerallardan tashqari, Borjomi 60 dan ortiq elementlarni ham o'z ichiga oladi va bu elementlar hayotning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuning uchun Borjomi dunyodagi eng yaxshi mineral suvlardan biri - bu ilmiy jihatdan tasdiqlangan mo''jiza!