Hayotbaxsh suv

Hayotbaxsh suv

11 июл, 2025

Kelajak uchun fotoarxiv

Birinchi gruzin mineral suvi bu yil o‘zining 135 yilligini nishonlamoqda.

135 yil oldin "Borjomi" birinchi marta sanoat miqyosida quyilgan. "Borjomi"ning ishlab chiqarilishi aks etgan eng eski fotosuratlar AQSH Kongressi kutubxonasida saqlanadi. Ularning muallifi rangli fotografiyaning kashshofi Sergey Prokudin-Gorskiydir. 

"Borjomi" mineral suv ishlab chiqarish

Foto: Sergey Prokudin-Gorskiy, AQSH Kongressi kutubxonasi

 

Kongress kutubxonasi arxivida Borjomi va uning vodiysi, quyish zavodi va mineral suv manbalari tasvirlangan 20 ta fotosurat mavjud:

  • "Ishchilar Borjomi mineral suvini tashishga tayyorlamoqda"
  • "Mineral suv quyish tsexi"
  • "Borjomi ma’danli suv bulog‘i yonida"
  • "Dam oluvchilar shifobaxsh suv ichadigan Borjomi kurorti"
  • "Tor platosidan Borjomi manzarasi"
  • "Olga ko‘prigi"
  • "Borjomi bog‘ida an’anaviy bayram libosidagi ayol"
  • "Mixail Nikolayevich Romanov saroyi"

Sergey Prokudin-Gorskiy 1905-1915-yillarda Borjomida olgan fotosuratlariga shunday nom bergan.

Mixail Nikolayevich Romanov saroyi

Foto: Sergey Prokudin-Gorskiy, AQSH Kongressi kutubxonasi

 

Sergey Prokudin-Gorskiy birinchi marta 1905-yilda, keyin esa 1912-yilda Gruziyaga tashrif buyurgan. U Tbilisining birinchi rangli fotosuratlarini, Batumidagi sanoat fotoreportajlarini, Ajariyadagi navqiron choy plantatsiyalarini, Chakvidagi choyni qayta ishlash fabrikasini va XX asr boshidagi Gruziyaning boshqa ko‘plab noyob rangli tasvirlarini suratga oldi.

Prokudin-Gorskiy o‘z hayotini fotografiyani o‘rganishga bag‘ishladi. U ko‘k, yashil va qizil filtrlardan foydalangan holda oq-qora plyonkaga ketma-ket uchta kadr oladigan kamerani ishlab chiqdi. O‘zi ixtiro qilgan proyektor yordamida u hayratlanarli darajada real rangli tasvirlarni namoyish eta olardi.

"Borjomi" mineral suv zavodi, qadoqlash tsexi

Foto: Sergey Prokudin-Gorskiy, AQSH Kongressi kutubxonasi

 

1909-yilda Prokudin-Gorskiy noyob loyihani amalga oshirish uchun yordam so'rab Rossiya imperatori Nikolay II ga murojaar qildi. U rangli fotografiyaning yangi texnologiyalari yordamida imperiyaning rang-barang tarixi, madaniyati va modernizatsiyasini hujjatlashtirishga intildi. Podsho devonxonasi darhol unga hech qanday cheklovlarsiz suratga olish uchun ruxsat berdi. Ekspeditsiya uchun maxsus jihozlangan Pulmanovo temir yo‘lining vagoni tayyorlandi, unga fotolaboratoriya o‘rnatildi. Uning ixtiyorida, paroxodlar, qayiqlar shuningdek, suvsiz yo‘llarda sayohat qilish uchun Ford avtomobili bor edi.

Fotograf Finlyandiya, Kavkaz, Qrim, Samarqand, Buxoro va Ural bo‘ylab sayohat qilib, Rossiya imperiyasini beqiyos tarzda hujjatlashtirgan 10 000 ga yaqin fototasvirini suratga olishga muvaffaq bo'ldi.

"Borjomi" mineral suv paviloni — "Eugene’s Spring"

Foto: Sergey Prokudin-Gorskiy, AQSH Kongressi kutubxonasi

 

1918-yilda bolsheviklar inqilobi va qirollik oilasi otib tashlanganidan so‘ng, Prokudin-Gorskiy Norvegiya va Angliyaga qochdi, so'ngra esa Fransiyaga joylashdi. U fotoarxivining katta qismini o‘zi bilan olib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Parijda u aka-uka Lyumerlar bilan ishladi va o‘z fotostudiyasini ochdi. Prokudin-Gorskiy 1944-yilda vafot etdi.

1948-yilda AQSH Kongressi kutubxonasi uning merosxo‘rlaridan shisha negativlarni sotib oldi — jami 1902 ta negativ, ulardan 139 tasi Gruziyada ishlab chiqarilgan. Shunday qilib, "Borjomi" mineral suvining ishlab chiqarilishi aks etgan noyob fotohujjatlar Kongress kutubxonasiga kelib tushdi.

 

 

Share on social media