Kelajak uchun fotoarxiv
Birinchi gruzin mineral suvi bu yil o‘zining 135 yilligini nishonlamoqda.
135 yil oldin "Borjomi" birinchi marta sanoat miqyosida quyilgan. "Borjomi"ning ishlab chiqarilishi aks etgan eng eski fotosuratlar AQSH Kongressi kutubxonasida saqlanadi. Ularning muallifi rangli fotografiyaning kashshofi Sergey Prokudin-Gorskiydir.
Kongress kutubxonasi arxivida Borjomi va uning vodiysi, quyish zavodi va mineral suv manbalari tasvirlangan 20 ta fotosurat mavjud:
"Ishchilar Borjomi mineral suvini tashishga tayyorlamoqda""Mineral suv quyish tsexi""Borjomi ma’danli suv bulog‘i yonida""Dam oluvchilar shifobaxsh suv ichadigan Borjomi kurorti""Tor platosidan Borjomi manzarasi""Olga ko‘prigi""Borjomi bog‘ida an’anaviy bayram libosidagi ayol""Mixail Nikolayevich Romanov saroyi"Sergey Prokudin-Gorskiy 1905-1915-yillarda Borjomida olgan fotosuratlariga shunday nom bergan.
Sergey Prokudin-Gorskiy birinchi marta 1905-yilda, keyin esa 1912-yilda Gruziyaga tashrif buyurgan. U Tbilisining birinchi rangli fotosuratlarini, Batumidagi sanoat fotoreportajlarini, Ajariyadagi navqiron choy plantatsiyalarini, Chakvidagi choyni qayta ishlash fabrikasini va XX asr boshidagi Gruziyaning boshqa ko‘plab noyob rangli tasvirlarini suratga oldi.
Prokudin-Gorskiy o‘z hayotini fotografiyani o‘rganishga bag‘ishladi. U ko‘k, yashil va qizil filtrlardan foydalangan holda oq-qora plyonkaga ketma-ket uchta kadr oladigan kamerani ishlab chiqdi. O‘zi ixtiro qilgan proyektor yordamida u hayratlanarli darajada real rangli tasvirlarni namoyish eta olardi.
1909-yilda Prokudin-Gorskiy noyob loyihani amalga oshirish uchun yordam so'rab Rossiya imperatori Nikolay II ga murojaar qildi. U rangli fotografiyaning yangi texnologiyalari yordamida imperiyaning rang-barang tarixi, madaniyati va modernizatsiyasini hujjatlashtirishga intildi. Podsho devonxonasi darhol unga hech qanday cheklovlarsiz suratga olish uchun ruxsat berdi. Ekspeditsiya uchun maxsus jihozlangan Pulmanovo temir yo‘lining vagoni tayyorlandi, unga fotolaboratoriya o‘rnatildi. Uning ixtiyorida, paroxodlar, qayiqlar shuningdek, suvsiz yo‘llarda sayohat qilish uchun Ford avtomobili bor edi.
Fotograf Finlyandiya, Kavkaz, Qrim, Samarqand, Buxoro va Ural bo‘ylab sayohat qilib, Rossiya imperiyasini beqiyos tarzda hujjatlashtirgan 10 000 ga yaqin fototasvirini suratga olishga muvaffaq bo'ldi.
1918-yilda bolsheviklar inqilobi va qirollik oilasi otib tashlanganidan so‘ng, Prokudin-Gorskiy Norvegiya va Angliyaga qochdi, so'ngra esa Fransiyaga joylashdi. U fotoarxivining katta qismini o‘zi bilan olib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Parijda u aka-uka Lyumerlar bilan ishladi va o‘z fotostudiyasini ochdi. Prokudin-Gorskiy 1944-yilda vafot etdi.
1948-yilda AQSH Kongressi kutubxonasi uning merosxo‘rlaridan shisha negativlarni sotib oldi — jami 1902 ta negativ, ulardan 139 tasi Gruziyada ishlab chiqarilgan. Shunday qilib, "Borjomi" mineral suvining ishlab chiqarilishi aks etgan noyob fotohujjatlar Kongress kutubxonasiga kelib tushdi.
Borjomi - tabiat mo'jizalari vatani
Borjomi — benihoya go'zal shahar bo'lib, u ulkan yaxlit va tarixiy ahamiyatga ega.Bu havosiga sarguzasht ifori singib ketgan maskan. Ushbu ajib maskanda hammasini ko'rish mumkin: go'zal tabiat manzaralari, mineral va oltingugurtli shifobaxsh suvlari, boy tarixiy o'tmishning izlari. Ammo aynan qaysi jihatlar ushbu g'oshani o'zigacha va jozibali qiladi?Shaharning qoq markazida joylashgan Borjomi markaziy bog'i osoyishtalikka sho'ng'ish va tabiat bilan qo'shilishga imkon beradi. Bog'ning aylanma yo'llari bo'ylab sayr qilib, siz ajoyib manzaralarni guvohi bo'lasiz: go'zal daryo vodiylari, xushbo'y daraxtlar, chiroyli ko'priklar va boshqalar. Bu kundalik hayotdan dam olish va tabiatga yaqin bo'lishdan zavqlanish uchun eng maqbul joy.Ushbu dam olish maskanida siz shifobaxsh xususiyatlari bilan asrlar davomida mashhur bo'lgan afsonaviy Borjomi mineral suvini tatib ko'rishingiz mumkin. Agar siz parkdan tashqariga chiqibsangiz va bir oz piyoda sayr qisangiz yursangiz, sizning yaxlit tajribangiz parkdan tashqarida davom etishini ko'rasiz. Bu safar yashillikka burkangan yo'laklar sizni Borjomi oltingugurtli hovuzlari sari olib boradi! Bu iliq, minerallarga boy oltingugurtli vanna suvlari mushaklarni bo'shashtirish, terining holatini yaxshilash, nafas olish tizimini yaxshilash va stressni yengillashtirish uchun ayni muddaodir.Oltingugurtli vannalarga tushish cho'mish — bu Borjomining har bir mehmoni sinab ko'rishi kerak bo'lgan ko'p asrlik marosimdir.Borjomi mineral suvi o'zining shifobaxsh xususiyatlari bilan butun dunyoga mashhur bo'lgan ona zamin qa'ridan olingan sehrli suyuqlikdir. Borjomi suvini vulkanik kelib chiqishi, Kavkaz tog'lari qaridan 8000 metr chuqurlikdan olinadi. U 60 dan ziyod minerallarni o'z ichiga oladi, aynan shu uning noyob xususiyatlaridan dalolat beradi."Borjomi" mineral suvi Gruziya madaniyati va tarixi bilan chambarchas bog'liq. Bu gruzin mehmondo'stligining ramzi. Birorta bayramona dasturxoni yoki diplomatik uchrashuvlar ushbusiz o‘tmaydi. Bu Gruziya tabiatining mo''jizasi va uning xalqining g'ururidir.Borjomi-Xaragauli milliy o'rmon bog'i — bu Kavkaz tog'larida yashiringan ajoyib o'rmon bog'i, uning biologik xilma-xilligi va tabiiy boyliklari bilan ajralib turadi. Bu tabiatni sevuvchilar, sarguzasht izlovchilar va Gruziya landshaftlarining bokira go'zalligidan bahramand bo'lishni xohlaydiganlar uchun eng maqbul joy.Bog'da ajoyib manzaralar, yam-yashil o'rmonlar, olis o'tloqlar va g'o'ng'ir soylarga olib boradigan ko'plab yurish yo'llari mavjud. Ushbu sayohatda har bir qadam Gruziyaning go'zal manzaralarini aks ettiruvchi kashfiyotdir. Ushbu hayratlanarli o'rmon bo'ylab sayr qilishda siz qizil bug'ularning noyob turlarini, oxularni va hatto moychechaklarni uchratishingiz mumkin.Tabiiy mo''jizalardan tashqari, Borjomi-Xaragauli milliy bog'i katta madaniy ahamiyatga ham ega. Manzarada qadimiy qo'riqchi minoralari va xarobalari ko'rinadi.Tarixiy obidalar - Borjomi mintaqasi nafaqat tabiati, balki tarixiy va madaniy obidalarning boyligi bilan ham ajralib turadi. Ular orasida: Borjomi o'lkashunoslik muzeyi, Yashil monastir, Romanovlar saroyi, Pyotr va Atskuri qal'alari, Timotesubani monastiri va boshqalar.Gruziyadagi eng qadimiy muzeylardan biri bo'lgan Borjomi o'lkashunoslik muzeyi alohida e'tiborga loyiqdir. U Romanovlar qirollik oilasining qarorgohi bo'lib, xizmat qilgan noyob arxitekturaga ega binoda joylashgan. Muzey asrlar yilnomasini aks ettiradi. Uning devorlarida bronza davri, ilk o'rta asrlar va yangi davrga oid o'n minglab eksponatlar va artefaktlar mavjud.Bu yerda nafaqat qimmatbaho madaniy yodgorliklar, harbiy va qishloq xo‘jaligi qurollari, ehtiyotkorlik bilan saqlangan qo‘lyozmalar, balki o‘simlik va hayvonot dunyosi namunalarini ham ko‘rish mumkin. Bularning barchasi birgalikda muzey mehmonlariga Borjomi evolyutsiyasining ajoyib suratini taqdim etadi.Markaziy bog'da sayr qilish, mineral suvlarni tatib ko'rish yoki tarixiy joylarni ziyorat qilishda Borjomi sizni to'xtashga, chuqur nafas olishga va bu ajoyib joylarning go'zalligi va osoyishtaligiga sho'ng'ishga taklif qiladi. Borjomiga tashrif buyurish shunchaki sayohat emas. Bu Gruziyaning tabiiy mo''jizalari bilan tanishish imkoniyatidir.
Borjomi vizual evolyutsiyasi
Moddiy dunyoda muqimlik yo'q, hamma narsa o'z shaklini o'zgartiradi. Shuningdek, hech qaysi shakl hech qachon takrorlanmaydi: tabiatda ikkita bir xil qor parchalari ham mavjud emas. Hamma narsa o'zgaruvchandir. Bu qoidalar doimiy yangilanish bo'lgan mavjudlik uchun zarurdir. Tarkib bir xil bo'lib qolishi mumkin, lekin shakl har doim o'zgaradi.Borjomi bundan mustasno emas; ushbu hayotbaxsh suvning tashqi ko'rinishi qiziqarli evolyutsiyani boshdan kechirdi. Shishalar va yorliqlar o'zgartirildi va barcha davrlar Borjomi shishasida o'z aksini topdi. Aynan shu haqda bugun suhbatlashamiz.Borjomining asl shishasi noyob hodisaga aylandi. Noyobligi shundaki, yorliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shishaga o‘yib yozilgan va bu shishalar uzoq Finlyandiyadan olib kelingan. Skandinaviyadan shisha butilkalarni tashish naqadar qiyinligini, ko'p vaqt talab qiladigan va norentabelligini tasavvur qilish mumkin!Aynan shu sabablarga ko'ra Borjomida shisha zavodi ochildi. Oq rangdagi shishalar to'q rangli shishalarga almashtirildi. Gravirovkasi saqlanib qolgan va agar siz unga zamonaviy nuqtai nazardan qarasangiz, u nihoyatda nafis ko'rinardi.O'sha davrning yorliqlarida "Yekaterininskiy istochnik", "Yevgeniyevskiy istochnik" yozuvlarini ko'rish mumkin edi. Yevgeniy Kavkaz hokimi Golovin edi, Yekaterina esa uning qizi edi. Yekaterina shifo topganidan so'ng, hokim Borjomi suvining xususiyatlaridan hayratda qoldi, u buloqlarni obodonlashtirishni buyurdi va ularni qizi va o'zi sharafiga nomladi.Borjomi mashhur bo'la boshlagani tufayli eksport masalasi yuzaga keldi. Taklif etilgan kimyogar F. Moldhauner shishaga solingan mineral suv uzoq vaqt davomida o'zining fizik va kimyoviy xususiyatlarini saqlab qoladigan usulni ishlab chiqdi. Borjomi imperiya chegaralaridan tashqariga chiqdi va tashqi bozorda tegishli yorliqlar bilan paydo bo'ldi.Tez orada mineral suv Belgiya, Germaniya va Rossiyada xalqaro e'tirof va maxsus mukofotlarga sazovor bo'ldi. U ko'rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va uning nomi butun dunyoga tarqaldi; Borjomi deyarli hamma joyda edi.XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Borjomi Gruziyaning tashrif qog'oziga aylandi va hamma buni allaqachon bilar edi. Bunday paytlarda brendingga qo'pol aralashuvlar tavsiya etilmadi, shuning uchun Borjomi yorlig'iga o'zgartirishlar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirildi.Shishaning barcha versiyalarida biz qizil va ko'k ranglarning kombinatsiyasini, mashhur Borjomi favvorasini va, albatta, o'yilgan kiyik siymosini ko'ramiz.Yorliq chiziqlari biroz o'zgargan, ammo shishaning ko'k-zangori rangi har doim saqlanib qolgan, aytmoqchi, patentlangan va "Gruzincha zangori" deb nomlangan.Ushbu xususiyatlar tufayli Borjomi shishasi yodda qolar vizual tasvirni yaratadi va odamlarning ongiga muhrlanadi. Buni hatto "Solyaris", "Terminal", "Born Ultimatumi" va boshqa mashhur filmlarda ham ko'rish mumkin.Sovet Ittifoqining qulashi hamma narsaga, shu jumladan Borjomiga ham ta'sir qildi. Biroq, bu xarobalardan butunlay yangi Borjomi tug'ildi. 1995-yildan beri Gruziya Glass & Mineral Water kompaniyasi tashkil etilgan bo'lib, u suv ishlab chiqarishni o'z zimmasiga oldi va sevimli brendni xalqqa qaytardi.
2010-yil — Borjomi rebrendingi yili: yorliq va shishaning shakli o'zgaradi. Borjomi, tanadan zararli moddalarni chiqarib yuboradi hayotbaxsh suv kabi, "Ortiqchadan xalos bo'lish" degan xabarni olib keladi. Va bu xabar deyarli butun dunyoni qamrab oldi.2019-yildan beri Borjomi logotipi sezilarli darajada takomillashtirildi. Qopqoq yangilandi va dizayn kumush rangga ega bo'lib, brendning yuqori sifatini ta'kidlaydi. Endi siz qadoqdagi QR-kodga qarab, Borjomi tarixi haqida bilib olishingiz mumkin.Borjomi doimo zamonaviy odamlarning talablariga javob berib, vaqt o'tishi bilan tobora ko'proq rivojlanib bormoqda. David Koma dizaynidagi alyuminiy bankadagi "Borjomi" — buning yaqqol isboti.Shunday qilib, nafaqat Borjomi tarkibi, balki uning tashqi ko'rinishi ham doimo jonli va yangi bo'lib qolmoqda. U o'z shaklini o'zgartiradi, shishadan shishaga, bankadan bankaga o'tadi, lekin tarkibi har doim bir xil bo'lib qolaveradi — hayotga to'la musaffo suv, Zamin qa'ridan bir munerallar guldastasi.Bahramand bo'ling!