
Limonati by Borjomi: to‘rtta ta’m, to‘rtta alohida simfoniya
Borjomi olamiga xush kelibsiz, unda ta’m, tarix va tabiat o'zaro qo'shilib, mutlaqo innovatsion va o‘ziga xos ijod mahsuli — Limonati by Borjomi-ni yaratadi! Bu mahsulotning olamga kelashi iste’molchilarga chinakam hissiyotlarga to'la sayohat taqdim etish g‘oyasiga asoslangan. Bu shunchaki limonad emas; uning mohiyati odatiy narsalarni g‘ayrioddiy qilish va kundalik hayotni bayram onlari bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lib, o'ziga maftun etadi.

O‘ziga xos ta’m va xususiyatlarga ega ushbu shirin, o‘ynoqi ichimlik sizni Gruziyaning boy merosi va tabiat mo‘jizalari bo‘ylab sayohatga chorlaydi.
Limonati by Borjomi o‘zini to‘rtta beqiyos ta’mlarda taqdim etadi: tarxun, nok, Ajar mandarin va sitrus. Har bir ta’m gruzin ramzlarining noyob uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi. Keling, ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz:
Tarxun — gruzin oshxonasi tarxunning yorqin essensiyasisiz mukammal bo'lmaydi. Ko‘p sonli taomlar, ichimliklar va madaniy asarlarda mavjud bo‘lgan tarxun muhim o‘rin tutadi! "Tarxuna" Limonati by Borjomi — bu Gruziya pazandachilik merosining taniqli vakili sifatida xizmat qiladigan hayotbaxsh suv va sabzavot sharbatining noyob uyg‘unligidir.

Bu nostalgiya, hamda jonlanish hissini uyg‘otuvchi ta’mdir.
Nok — Gruziyaning yam-yashil bog‘lari va xushmanzara qishloqlari ramzi.

Limonati by Borjomi-dan "Nok" — bu shirin simfoniya bo‘lib, unda mineral suvning o‘ynoqi va tetiklantiruvchi ohanglari nokning nafis shirasi bilan uyg‘unlashgan. Bu jilodor birikma beqiyos uyg‘unlik taassurotini yaratadi va sizga gruzin tabiatining mo‘l-ko‘lligini yodga soluvchi lazzat hadya etadi
Gruzin dasturxoni tarxun va nok limonadisiz to‘kis bo'lmaydi. Ushbu klassik ta’mlardan tashqari, Borjomi yangi lazzat — Ajar mandarinlari va sitrus limonadlarini taqdim etadi.
Ajar mandarinlari — Borjomidan Ajar mandarin limonadlari bitta shishada quyoshning tafti va quvvatini o‘zida mujassam etadi.

Ushbu xushbo’ylik sizni nurafshon quvvatga to‘lgan Adjariyaning quyoshli yonbag‘irlariga olib boradi.
Sitrus — Borjomidan Sitrus limonadi musaffolik va jo'shqinlikni o‘zida mujassam etadi. Har bir tomchi — bu sayohat va sarguzasht bo‘lib, uni tetiklantiruvchi va jonli ta’m izlayotganlar uchun eng maqbul yechimga aylantiradi.

Borjomi limonadi kundalik narsani misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘taradi, zavq-shavq va baxt tuyg‘ularini uyg‘otib, bayramona lahzalarni yaratadi.
Borjomi limonadining qadog‘i Gruziya tarixidan ilhomlanib, Gruziya me’morchiligini aks ettiruvchi manzaralar, naqshlar, Borjomi vodiysi, mineral suv va brend ramzi bo‘lgan kiyik haqidagi afsonani taqdim etadi. Gruzin tilida "LIMONATI" so‘zi bu atamani dunyo miqyosida ommalashtirish maqsadida shishaga lotin harflari bilan yozilgan. Ushbu hissiy tafsilotlar birgalikda Borjomi limonadlari olamining ramziy yuzini shakllantiradi, bunda har bir shisha unutilmas lahzalar va ta’mlar saltanatiga olib boruvchi portal bo‘lib xizmat qiladi.