
100% TABIIY ""BORJOMI""dan GRUZIYA LIMONADI. Endi premial shisha qadoqda.
IDS Borjomi Gruziya kompaniyasi shirin gazlangan ichimliklar toifasini rivojlantirishni davom ettirmoqda va iste’molchilarga 100% TABIIY "BORJOMI"dan GRUZIYA LIMONADI taqdim etmoqda, endi premial shisha qadoqda. Ushbu yangilik bilan brend yangi bosqichga chiqadi va gastronomik yo‘nalish bilan o'zaro aloqasini yanada mustahkamlaydi.
"Limonati by Borjomi" — "Limonati by Borjomi" 2024-yilda paydo bo‘ldi va tezda Gruziyada ham, eksport bozorlarida ham iste’molchilar mehrini qozonishga muvaffaq bo'ldi. 135 yillik tarixga ega "Borjomi" brendi uchun alyuminiy bankalarda limonadlar qatorining yaratilishi dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyat bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan birinchi muhim innovatsion qadam bo‘ldi.
Ivane Machavariani, IDS Borjomi Gruziya kompaniyasi bosh direktori:
"Shirin gazlangan ichimliklar bozoriga kirish, ayniqsa, bunday raqobatli muhitida biz uchun qiziqarli chaqiriq bo‘ldi va biz uni muvaffaqiyatli qabul qildik. Bugungi kundagi maqsadimiz ushbu noyob mahsulotni yangi bosqichga olib chiqish hamda uni yangi cho‘qqiga ko‘tarishdan iboratdir, premial shisha qadoqlash bunda muhim rol o‘ynaydi. Noyob tabiiy tarkib ushbu mahsulotni haqiqatan ham boshqa ichimliklardan ajratib turadi va biz, ayniqsa, "Limonati by Borjomi" Gruziya bozorida ham, eksport bozorida ham birdek muvaffaqiyatli taqdim etilganidan benihoya mamnunmiz, zero ushbu jihat brendni rivojlantirishdagi yana bir muhim qadam sanaladi."
"Limonati by Borjomi" 100% tabiiy ingrediyentlar — "Borjomi" mineral suvi va tabiiy gruzin meva sharbatidan tayyorlangan. Mahsulot tarkibida sun’iy qo‘shimchalar hamda konservantlar yo‘q. "Limonati by Borjomi" to‘rt xil ta’mda taqdim etilgan: nok, Ajar mandarini, tarxun va sitrus.
Qadoq dizayni ustida Italiya brending agentligi ishlagan. Shisha idishdagi yorliq bankaning qadoqlanishini vizual tarzda takrorlaydi va gruzin me’morchiligiga xos naqshlar bilan bir qatorda, Borjom darasining oval shakli, mineral suv va brend ramzi — kiyikni o'zaro birlashtiradi.
"Limonati by Borjomi" 2-sonli Borjom quyish zavodida ishlab chiqariladi va ham Gruziya bozori, hamdda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlarida taqdim etiladi.